O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro Matematika Olimpiadasida 5 ta medal yutib oldi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekiston terma jamoasi 65-Xalqaro Matematika Olimpiadasida 2 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu nufuzli olimpiadada dunyoning 110 ta mamlakatidan 600 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.
Medal sohiblari bilan tanishing:
- Ozobek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal
- Rasulbek G‘affarov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal
- Madina Suyunova — Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi — bronza medal
- Elbek Zohidjonov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi — kumush medal
- To‘lqin Jaylovov – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi — kumush medal
Yoshlar ishlari agentligi barcha fan olimpiadachi o‘quvchilarimizni hamma safar xarajatlarini to‘liq qoplab berib kelmoqda. Fursatdan foydalanib, g‘oliblarni Agentlik jamoasi nomidan ham tabriklaymiz va ularning kelgusi ishlarida ham omad tilaymiz!