O‘zingizga o‘zingiz investitsiya qiling
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘z-o‘zingizga investisiya qilish degani o‘zingiz uchun eng qulaylarini tanlash degani. Shunda hayotingiz osonroq, oldingizga qo‘ygan maqsadlaringizga tezroq erishasiz.
Balansni toping. Sog‘ligingiz ko‘taradigan chegaradan ko‘proq dars qilish, tanaffuslarsiz topshiriqlar bajarish toliqtirib qo‘ymasligi uchun ilm olish va dam olish balansini to‘g‘ri qo‘ying.
Chegaralaringizni shakllantiring. Sizga yoqmagan ishni qilishga majburmassiz. O‘zingizga sevimli bo‘lgan ishlar bilan shug‘ullaning. Bu egoistlik emas, o‘z vaqtingiz, energiyangiz va ko‘nglingizni qadrlash xolos.
Sog‘lom kun tartibi shakllantirib oling. Motivasiya kuchli bo‘lishi, intilish yuqori bo‘lishi ko‘p jihatdan o‘rganib qolgan odatlarimizga ham bog‘liq.
Maqsadlarni aniq qiling. Agar maqsad aniq bo‘lmasa, unda harakatlar natijasi ham pastroq bo‘ladi.
Jamiyatdan ajralib qolmang. Atrofingizda odamlar bo‘lishi motivatsiyangiz yuqori bo‘lishiga yordam beradi.
Yaxshi mentor tanlang. Sizga maqsadlaringizga erishishga yordamlashishda yaxshi mentor katta yordam bera olishi mumkin.
Yutuqlaringizni bayram qiling. Qanaqa yutuq ekanini farqi yo‘q, natijangizni baholang va o‘zingizni xursand qilib turing. Bu keyingi yutuqlarga erishishda sizga yordam beradi.