Perevod imtihonidan yiqilganlar uchun: O‘qishni davom ettirishning yangi yo‘li
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Perevod imtihonidan yiqilgan talabalarning endi o‘qishini davom ettirish uchun ikki xil imkoniyati bor.
1-variant: Hozirgi oliygohida o‘qishini davom ettirish.
2-variant: Super-kontrakt asosida o‘qishni ko‘chirish.
Super-kontrakt to‘lovlari ikki toifaga bo‘linadi:
1-toifa: O‘tish baliga 4,05 ballgacha yetmay qolgan talabalar
Bu toifadagi talabalarga super-kontrakt narxi quyidagi shkala asosida belgilanadi:
- 1,05 ballgacha yetmay qolganlar – oddiy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
- 1,06 balldan 2,05 ballgacha – 2 barobari;
- 2,06 balldan 3,05 ballgacha – 2,5 barobari;
- 3,06 balldan 4,05 ballgacha – 3 barobari.
Masalan, matematika yo‘nalishida 1,5 ball yetmay qolganda, abiturient super-kontrakt uchun 2 barobar to‘laydi. Agar oddiy kontrakt narxi 7 400 000 so‘m bo‘lsa, unda super-kontrakt miqdori 14,8 million so‘m (2x7 400 000) bo‘ladi.
2-toifa: O‘tish baliga 4,05 balldan ortiq yetmay qolganlar
Bu toifadagi talabalarga super-kontrakt narxi yo‘nalishiga qarab oddiy kontraktning minimum 8 barobaridan 25 barobarigacha to‘lanadi.
Masalan, iqtisod yo‘nalishiga o‘tish bali 105 ball bo‘lsa, talaba 70 ball to‘plagan. Agar minimum super-kontrakt 10 barobar etib belgilangan bo‘lsa va oddiy kontrakt narxi 10 500 000 so‘m bo‘lsa, unda super-kontrakt miqdori 105 million so‘m (10 x 10 500 000) bo‘ladi.
Muhim eslatma: O‘tish baliga 4,05 balldan ortiq yetmay qolgan va 56,7 balldan ko‘p ball to‘plagan talabalarning super-kontrakt narxi bir xil bo‘ladi. Masalan, 5 ball yetmagan ham, 50 ball yetmagan ham bir xil to‘laydi. Shuning uchun, qancha ball yetmaganini so‘rashning foydasi yo‘q.
3-toifa: 56,7 balldan kam ball to‘plaganlar
Bu toifadagi talabalarga super-muper kontrakt miqdori 2-toifadagilarning to‘lovining 2 barobarini to‘lashni talab qiladi.
Masalan, agar talaba 40 ball to‘plagan bo‘lsa va minimum super-kontrakt 105 million so‘m bo‘lsa, unda u 210 million so‘m to‘laydi (2 x 105 000 000).