My.Oliygoh.uz

PTU Summer School 2026 – Buyuk Britaniyadagi De Montfort universitetida

🎓 Xalqaro ta’lim sari yana bir muhim qadam! Pharmaceutical Technical University talabalari Buyuk Britaniyaning Lester shahridagi De Montfort Universityda o‘tkazilayotgan PTU Summer School 2026 dasturida ishtirok etish uchun yetib kelishdi.

25 ko'rish

PTU Summer School 2026 – Buyuk Britaniyadagi De Montfort universitetida

🌍 Dastur davomida talabalar universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladigan interaktiv akademik mashg‘ulotlarda qatnashadilar, zamonaviy DMU kampusi bilan yaqindan tanishadilar, Buyuk Britaniyadagi talabalik hayotini his qiladilar, xalqaro ta’lim muhitida bilim almashadilar hamda Britaniya madaniyati va tarixini kashf etadilar.

🤝 Ushbu yozgi maktab talabalarga kasbiy va akademik bilimlarini mustahkamlash, madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro do‘stlar orttirish hamda Buyuk Britaniyaning nufuzli zamonaviy universitetlaridan birida bevosita ta’lim tajribasini olish imkonini beradi.

✨ PTUda ta’lim auditoriya bilan cheklanmaydi. Xalqaro hamkorlik va akademik mobillik dasturlari orqali biz talabalarimizga global dunyoda muvaffaqiyat qozonish uchun zarur bo‘lgan bilim, tajriba va xalqaro dunyoqarashni taqdim etamiz.

📹 Quyida talabalarimizning Londonga yetib kelgan ilk lahzalari va unutilmas xalqaro ta’lim sayohatining dastlabki lavhalari bilan tanishing.

Fotogalereya

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish