Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Qashqadaryodagi maktab ko‘chatlar orqali 2 ming dollar daromad topdi

18-mart 15:39
Qashqadaryodagi maktab ko‘chatlar orqali 2 ming dollar daromad topdi

Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi maktab ko‘chatlar orqali 2 ming dollar daromad topdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Aytilishicha, Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida “Yashil makon” doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilgan. Xususan, tumandagi 15-, 28-, 77-maktab mevali va manzarali daraxtlarni yetishtirish hamda mahalliy aholiga sotib, daromad topish manbayiga ham ega bo‘lgan. Qayd etish lozimki, 77-maktab bog‘i 18 ming tup daraxtga ega. Shundan, 8 ming tup ko‘chatlar sotuvga tayyor. 2023-yilda esa ko‘chatlar orqali maktab 2000 AQSH dollaridan ortiq daromad topgan.Bundan tashqari, tumandagi 28-maktab 13 mingdan ortiq mevali, manzarali daraxtlarga ega. Ushbu maktab ham ancha yillardan buyon nihol, ko‘chatchilik bilan shug‘ullanadi va yillik qo‘shimcha daromadi o‘rtacha 2500 AQSH dollarini tashkil etadi. Topilgan daromad orqali iqtidorli o‘quvchilar va ustoz, murabbiylarni rag‘batlantirish anʼanaga aylangan.