Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Qishki "perevod"da kimlar o‘qishini ko‘chirishiga ruxsat beriladi?

09-oktabr 11:14
Qishki

Qishda xorijdan o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi? Qanday uzrli sabablar bo‘lishi kerak? Ichki perevodga ruxsat bormi?

Qishki perevod uchun arizalar 20-dekabridan 20-yanvarga qadar (oʻsha kuni ham) qabul qilinadi.

Qishki “perevod”ga barcha ham hujjat topshirolmaydi. Faqat 2 ta uzrli sababi borlarga ruxsat.

Quyidagilar uzrli sabablar hisoblanadi:

1-talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi OTMga oʻqishini koʻchirish uchun;

2-davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);
  • talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);
  • pasport nusxasi;
  • yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha (koʻchirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil boʻlganligidan qatʼi nazar bevosita oʻzi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

Xorijdagi OTMdan Oʻzbekistondagi davlat OTMga oʻqishni koʻchirish uchun arizalar hozir qabul qilinmaydi. Xorijdagilar faqat yozda onlayn ariza topshiradi hamda testga kirishadi.

Teglar