Qishki "perevod"ga oz qoldi! Kimlarga ruxsat beriladi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Xuddi yoz oyidagi kabi qishda ham o‘qishni ko‘chirish mumkin. Faqat bir davlat OTMidan boshqasiga.
✔️ Kimlarga ruxsat bor
- Talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
- Davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
- pasport nusxasi;
- yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
❗️Qishki "perevod" uchun arizalar dekabr-yanvar oylarida olinadi.