Qurbon hayiti 2025: Qaysi kunlar dam olish kuni bo‘ladi?

2025-yil Qurbon hayitida dam olish kunlari qanday bo‘ladi?
O‘zbekiston musulmonlari idorasi va boshqa manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, Qurbon hayitining birinchi kuni bu yil 6-iyun, juma kuniga to‘g‘ri keladi.
Rasmiy manba: t.me/diniysavollar/10084
Shunga asosan, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan bo‘lib, dam olish quyidagi tartibda bo‘ladi:
Dam olish kunlari jadvali:
-
✅ 6-iyun, juma – Qurbon hayiti, barcha uchun dam olish kuni
-
✅❌ 7-iyun, shanba – 5 kunlik ish haftasi bo‘yicha ishlamaydi, 6 kunliklar uchun ish kuni
-
✅ 8-iyun, yakshanba – barcha uchun dam olish kuni
-
❗️ 9-iyun, dushanba – barcha uchun ish kuni
Shunday qilib, faqat 5 kunlik ish haftasiga amal qilinadigan tashkilotlarda 3 kunlik uzluksiz dam olish bo‘ladi. 6 kunliklar esa shanba kuni ishga chiqadi.