Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ramazon oyi 11-mart, dushanba kunidan boshlanadi

05-mart 11:03
Ramazon oyi 11-mart, dushanba kunidan boshlanadi

🔹O‘tgan haftada O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Ozarbayjon kabi turkiy davlatlar Fatvo hay’atlarining onlayn majlisi bo‘lib o‘tdi.

🟢Yig‘ilishda ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon oyi hilolini kuzatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, falakiy hisob-kitoblar, astronomik ma’lumotlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil ko‘rib chiqildi.

🔭 Turkiy davlatlar ulamolari fiqhiy qoidalarga tayangan holda falakiy hisob-kitob va astronomik kuzatuvlarni e’tiborga olib, hijriy 1445-yil Ramazon oyining birinchi kuni milodiy 2024-yil 11-mart, dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida yakdil fikrga keldilar.

Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati xabar berdi.