Samarali test yechish uchun to‘g‘ri uxlash muhim!
Samarali test yechish uchun kuniga 8 soatdan kam uxlamaslik kerak. To‘g‘ri uxlab, imtihon kunida miya faolligini oshiring.

To‘g‘ri uxlashning imtihondagi samaradorlikka ta’siri
Kuniga 8 soatdan kam uxlash inson miyasining faolligiga va uning samaradorligiga ta’sir qiladi. Kam dam olib kun bo‘yi karaxt bo‘lib yurmang, belgilangan soatlarni to‘yib uxlab oling va yaxshi dars qiling.
Miyangiz uyquga to‘ysa, imtihon kuningizda ham yaxshi ishlaydi. Shunday qilib, yaxshi uyqu bilan imtihonda yuqori natijalarga erishish imkoniyatingiz oshadi.





