Shengen viza o‘zi nima, turlari va imkoniyatlari
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Shengen viza nima?
Shengen vizasi Yevropaning katta bir qismi, ya’ni Shengenga a’zo davlatlarning ichki hududida hech qanday chegara tekshiruvisiz erkin sayohat qilish imkoniyatini beruvchi viza hisoblanadi.
Yevropaning bir nechta davlatlari ichki xavfsizlikni ta’minlash hamda sayohatni osonlashtirish maqsadida Shengen tashqi chegaralarida nazoratni kuchaytirgan bo‘lib, barcha a’zo davlatlar yagona viza siyosati tizimiga amal qiladi.
Shengenga a’zo davlatlar:
Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Xorvatiya, Chexiya, Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Gretsiya, Niderlandiya, Islandiya, Italiya, Latviya, Lixtenshteyn, Litva, Lyuksemburg, Vengriya, Malta, Germaniya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya , Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveytsariya.
Ushbu davlatlarning istalgan biridan olingan viza orqali butun shengen hududlarda sayohat qilish mumkin bo‘ladi.
Shengen viza uchun qayerga ariza topshirish kerak?
- Agar siz Shengen a’zo davlatlaridan biriga sayohat qilayotgan bo‘lsangiz, arizani ushbu a’zo davlatning diplomatik vakolatxonasiga (elchixona) topshirishingiz kerak. - Agar sayohat davomida bir nechta a’zo davlatlarga tashrif buyurishingiz kerak bo‘lsa, ariza asosiy boriladigan a’zo davlatning (uzoq vaqt o‘tkazadigan davlat) diplomatik vakolatxonasiga topshirilishi kerak.- Agar asosiy manzilni aniqlashning iloji bo‘lmasa, qaysi davlat tashqi chegarasini birinchi bo‘lib kesib o‘tmoqchi bo‘lsangiz, o‘sha a’zo davlatning diplomatik vakolatxonasiga ariza topshirishingiz kerak.
Shengen hududlarga qaysi viza turi uchun ariza topshiraman?
Sizga kerak bo‘lgan viza turi tashrifingizning davomiyligi va maqsadiga bog‘liq. Viza bir, ikki yoki bir nechta kirish-chiqish uchun berilishi mumkin. Vizaning amal qilish muddati, qolish muddati va kirishlar soni to‘g‘risidagi qaror Shengen qoidalariga muvofiq diplomatik vakolatxona tomonidan qabul qilinadi.
Viza turlari:
Aeroport tranzit vizasi (A viza) :
Bu viza Shengen hududiga kirmasdan aeroportning xalqaro zonasidan o‘tish uchun mo‘ljallangan. 24 soat davomida amal qiladi.
Qisqa muddatli viza (C viza) :
Shengen mamlakatlari bo‘ylab har qanday 180 kun ichida 90 kungacha sayohat qilish imkonini beradi.
Milliy uzoq muddatli viza (D viza) :
Shengen davlatida 90 kundan ortiq vaqt mobaynida o‘qish, ishlash yoki yashashni niyat qilganlar uchun beriladi. Amal qilish muddati va qoidalari berilgan mamlakatga qarab farq qilishi mumkin.