Sinfdagi oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga qanday hollarda ruxsat etiladi?
17-sentabr 22:48
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Qanday hollarda sinfdagi oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi?
Qonunchilikka koʻra, malakali oʻqituvchilar yetarli boʻlgan quyidagi hollarda sinfdagi oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi:
- Oʻquvchilar soni 25 nafar va undan ziyod boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining I — XI sinflarida “Chet tili” fani;
- Ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;
- V — XI sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari”;
- VIII — XI sinflarda “Jismoniy tarbiya”;
- V — IX sinflarda “Texnologiya”;
- X — XI sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik” fanlari;
- Taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining II — XI sinflarida “Oʻzbek tili” fani;
- Taʼlim tili rus tili boʻlmagan umumtaʼlim muassasalarining II — XI sinflarida “Rus tili” fani.