Turizm sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tashkil qilinadi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Turizm sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tashkil qilinadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Samarqand shahridagi Xalqaro turizm akademiyasida mehmonxonalar va restoranlar uchun yuqori malakali xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
2025-yil 1-martgacha “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi professional ta’lim muassasalariga xalqaro darajada tan olingan ta’lim dasturlarini “franshiza” asosida joriy etish choralari ko‘riladi.
2024/2025 o‘quv yiligacha turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalari bo‘yicha oliy ta’lim dasturlarini jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi nufuzli OTMlarning ta’lim dasturlari asosida ta’lim tizimimiz qayta dasturlanadi.
Shuningdek, belgilangan OTMlar huzurida shartnoma asosida arab, yapon, xitoy, hind, ispan, italyan, koreys, urdu, indonez va malay tillarida xizmat ko‘rsatuvchi gid-tarjimonlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha kurslarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.