Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga 1 milliard so‘mgacha mukofot beriladi

03-may 16:23
Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga 1 milliard so‘mgacha mukofot beriladi

Prezidentning yangi farmoniga binoan, xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar uchun to‘lanadigan mukofot pullari 5 baravarga oshiriladi. Bu qaror 2025-yil 1-iyundan kuchga kiradi.

Endilikda eng nufuzli 5 ta xalqaro fan olimpiadasida (IMO — matematika, IBO — biologiya, IChO — kimyo, IPhO — fizika, IOI — informatika) g‘olib yoki sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotiga ega bo‘ladi:

  • 1-o‘rin: 937 500 000 so‘m (2500 baravar)

  • 2-o‘rin: 562 500 000 so‘m (1500 baravar)

  • 3-o‘rin: 375 000 000 so‘m (1000 baravar)

Bu ko‘rsatkichlar ilgari amalda bo‘lgan miqdorlarga nisbatan 5 baravar ko‘paytirilgan.

Farmon bilan o‘quvchilarning fan va intellektual rivojlanishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish, hamda xalqaro maydonda O‘zbekiston nufuzini oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Bunday keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlash orqali iqtidorli yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan ishonchi yanada ortadi