Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xalqaro va asosiy fan olimpiadalari g‘oliblari va ularning ustozlari qanday rag‘batlantiriladi?

07-avgust 22:14
Xalqaro va asosiy fan olimpiadalari g‘oliblari va ularning ustozlari qanday rag‘batlantiriladi?

Xalqaro va asosiy fan olimpiadalari g‘oliblari va ularning ustozlari qay tartibda rag‘batlantiriladi?

Qonunchilikka ko‘ra, xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari BHMning (bazaviy hisoblash miqdori) quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin (oltin medal) uchun — 500, o‘qituvchisiga — 450 baravari;
  • 2-o‘rin (kumush medal) uchun — 300, o‘qituvchisiga — 250 baravari;
  • 3-o‘rin (bronza medal) uchun — 200, o‘qituvchisiga — 150 baravarida.

Shuningdek, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin uchun — 50 baravari;
  • 2-o‘rin uchun — 35 baravari;
  • 3-o‘rin uchun — 30 baravarida.

Xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlariga navbatdagi o‘quv yili uchun direktor (rag‘batlantirish) jamg‘armasidan oltin, kumush va bronza medallari bo‘yicha tegishincha qo‘shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama to‘lanadi.

Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi to‘lanadi.

Oliy ta’lim muassasasini tamomlagan olimpiada g‘oliblari esa Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan shakllantiriladigan istiqbolli mutaxassislar zaxirasiga kiritiladi.