Banner qayerda ko‘rinishi, qanday o‘lcham va formatda tayyorlanishi, HTML5 banner qoidalari va tayyor jonli namunalar. Materialni yuborishdan oldin pastdagi tekshiruv ro‘yxatidan o‘ting.
Joy oldindan zahiralanadi — banner yuklanguncha sahifa siljimaydi (nisbat bo‘yicha o‘lcham ajratiladi).
Rasm slotni kenglik bo‘yicha to‘ldiradi (object-fit: cover). Nisbat joydan ~15% gacha farq qilsa, rasm chetlaridan biroz kesiladi. Shuning uchun muhim matn va logo chetlardan kamida 5% ichkarida (xavfsiz zona) bo‘lsin.
Kenglik: desktopda konteyner kengligi 1168 px gacha; mobil ko‘rinish — ekran kengligi minus chetlar (390 px ekranda ~358 px).
Mobil rasm (image_mobile) alohida yuklanadi va 768 px dan tor ekranlarda ko‘rsatiladi. Yuklanmasa desktop rasm ishlatiladi.
#
Joy (slug)
Qayerda
Desktop
Mobil
Tavsiya etilgan o‘lcham
1
Yuqori banneroliygoh_top
Har sahifada, menyudan keyin — sahifa ochilishi bilan birinchi ko‘rinadi (eng ko‘p ko‘rinadigan joy)
7:1
3:2
desktop 2100×300 pxmobil 1080×720 px
2
Yon paneloliygoh_sidebar
Maqola, maqolalar ro‘yxati va OTM sahifalarining yon paneli (hamkor OTM sahifasida bu joy yo‘q)
2:1
3:2
desktop 800×400 pxmobil 1080×720 px
3
Maqola ichidaoliygoh_post
Maqola sahifasida, sarlavha rasmi tagida va matn boshlanishidan oldin
5:1
3:2
desktop 1500×300 pxmobil 1080×720 px
4
Pastki banneroliygoh_footer
Har sahifada, sahifa oxirida (footer ustida)
7:1
3:2
desktop 2100×300 pxmobil 1080×720 px
5
Sticky bannerbottom_sticky
Ekran pastiga yopishgan (pastdan 6px ajralgan, burchaklari yumaloq), kontent kengligida, balandligi desktopda 120px, mobilda 80px (mobilda eni ekran kengligida, pastdan va yonlardan 5px bo‘shliq bilan); ichiga istalgan HTML yoki banner qo‘yiladi. “Reklama” belgisi va × tugmasini sayt o‘zi qo‘yadi (yopilsa 3 soat qaytmaydi)
39:4
4:1
desktop 2340×240 pxmobil 960×240 px
2. Rasm banner talablari
Fayl
Format: JPG, PNG yoki WebP (tavsiya: JPG yoki WebP).
Hajm: tavsiya ≤ 300 KB (bu tavsiya, qat’iy chegara emas).
Desktop rasm kengligi kamida 1600 px. Sayt 800 / 1200 / 1600 px, mobil uchun 480 / 720 px kichraytirilgan variantlarni o‘zi tayyorlaydi; asl fayl eng kattasi bo‘lsin.
Desktop va mobil uchun alohida rasm tayyorlang (o‘lchamlar yuqoridagi jadvalda).
Mazmun
Matn o‘qiladigan, kontrast yetarli bo‘lsin; mayda yozuvlardan qoching.
“Reklama” yorlig‘ini sayt o‘zi qo‘yadi — rasmga yozish shart emas.
Havola — https URL, alohida maydonda beriladi (UTM teglari tavsiya etiladi).
Muhim element chetlardan kamida 5% ichkarida.
Galereya rejimi
Bir joyda bir nechta rasm (maksimal 12 ta) 4 soniyadan aylanadi.
Hammasi bir xil nisbatda bo‘lsin.
Birinchi rasm eng muhimi — ko‘rsatilgan balandlikni aynan u belgilaydi.
3. HTML5 banner talablari
HTML5 banner — zip fayl emas. Admin paneldagi “Kod” (desktop) va “Kod mobil” maydoniga HTML + CSS + JS bitta parcha qilib qo‘yiladi (maksimal 200 000 belgi). Rasm, shrift va videolar tashqi manzildan — faqat https absolyut URL (nisbiy yo‘l ishlamaydi).
Sandbox: nima mumkin, nima taqiqlangan
Sayt bannerni cheklangan sandbox iframe ichida chizadi.
Ruxsat
Skriptlar (JS) ishlaydi.
Havolalar yangi oynada ochiladi (<base target="_blank"> avtomatik).
Har bir <a href> bosilishi avtomatik hisoblanadi (klik statistikasi) — alohida hisoblagich kodi yozish shart emas.
Taqiq
Sahifa DOM’iga kirish.
Cookie va localStorage.
Forma yuborish.
Top-navigatsiya (window.top.location).
alert / confirm oynalari.
Fullscreen va avtomatik ovoz.
Ildiz element va balandlik
Eng tashqi elementga data-oliygoh-banner atributini qo‘ying: balandlik shu elementdan o‘lchanadi (atribut bo‘lmasa — body balandligi). Balandlik iframe’dan sahifaga avtomatik uzatiladi (ResizeObserver) va joy shunga moslashadi; maksimum 1200 px.
Kenglik va nisbat
Banner slot kengligiga cho‘ziladi (fluid): qat’iy px kenglik bermang — width:100%, flex, grid yoki container query ishlating.
Balandlikni nisbat bilan bering (aspect-ratio): desktop kodi joy nisbatiga mos (masalan 7/1), mobil kodi (“Kod mobil”) 3/2 ga mos.
Bitta kod ikkala qurilmada ham ishlashi mumkin (container yoki media query) — 3-namunaga qarang.
Sticky bannerni yopish
Sticky joyda “Reklama” belgisi va “×” tugmasini sayt o‘zi qo‘yadi (kontent kengligidagi, balandligi 120px panel). Bannerning ichiga o‘z “×” tugmangizni va position:fixed stillarini qo‘shmang. “×” bosilsa joy 3 soat qayta ko‘rsatilmaydi.
Tavsiyalar
Tizim shriftlari yoki https orqali shrift ishlating.
Animatsiya ≤ 15–30 soniya; CSS animatsiya JS dan afzal (CPU ni yormaydi).
prefers-reduced-motion ga hurmat qiling.
Inline kod ≤ 150 KB, tashqi aktivlar yengil bo‘lsin.
Tashqi trekerlar, iframe va popup bo‘lmasin; kontrast yetarli bo‘lsin.
4. HTML5 namunalar (jonli)
Namunalar saytdagi haqiqiy ishlab chiqarish o‘rami bilan (xuddi shu sandbox iframe va bridge) chiziladi — ko‘rganingiz saytda chiqadigan natija. Brend — “Sizning brend”, havolalar — example.com; tashqi so‘rov yo‘q. Ko‘rsatilgan kod admin paneldagi maydonga qo‘yiladigan parcha.
1. Oddiy matnli banner
7/1 · yuqori/pastki
Bridge: kutilmoqda…
Nima ko‘rsatadi: Gradient fon, sarlavha va tugma. Statik, animatsiyasiz — eng yengil variant. Mobilda qo‘shimcha matn yashirinadi.
<style>
.sb{box-sizing:border-box;width:100%;aspect-ratio:7/1;min-height:64px;display:flex;align-items:center;justify-content:space-between;gap:16px;padding:0 5%;background:linear-gradient(120deg,#1a6be0,#6a3df0);color:#fff;font-family:system-ui,-apple-system,"Segoe UI",Roboto,Arial,sans-serif}
.sb b{display:block;font-size:clamp(14px,2.3vw,26px);line-height:1.15}
.sb span{display:block;margin-top:4px;font-size:clamp(11px,1.4vw,15px);opacity:.92}
.sb a{flex:none;padding:.6em 1.25em;border-radius:999px;background:#fff;color:#1a3fa8;font-weight:700;font-size:clamp(12px,1.5vw,16px);text-decoration:none}
@media (max-width:480px){.sb span{display:none}}
</style>
<div class="sb" data-oliygoh-banner>
<div><b>Sizning brend — qabul 2027</b><span>Grant va chegirmalar haqida bilib oling</span></div>
<a href="https://example.com/?utm_source=oliygoh&utm_medium=banner&utm_campaign=qabul2027">Batafsil</a>
</div>
2. Animatsiyali (CSS) banner
7/1 · yuqori/pastki
Bridge: kutilmoqda…
Nima ko‘rsatadi: Sarlavha 3 ta qatorni almashtirib turadi (faqat CSS, JS yo‘q). Animatsiya 18 soniya o‘ynaydi va oxirgi qatorda to‘xtaydi; prefers-reduced-motion yoqilgan bo‘lsa darhol oxirgi qator ko‘rinadi.
Nima ko‘rsatadi: Container query: kenglik 560 px dan kam bo‘lsa banner 3/2 nisbatli ustun maketga o‘tadi. Ildiz elementga data-oliygoh-banner qo‘yilgan — balandlik shundan o‘lchanadi.
Nima ko‘rsatadi: Eslatma: sticky joyda “×” tugmasini endi sayt o‘zi qo‘yadi (3 soat qaytmaydi), banner ichida o‘z “×” tugmasi kerak emas. Bu namuna eski ko‘rinishni ko‘rsatadi.