O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali (tugatilgan)

DavlatFarg‘ona, Farg‘ona shahri

Kirish ballari

maks. 189 ball
Oliygoh boshqa universitet tarkibiga o'tkazilgan. Ushbu oliygoh Qoʻqon davlat universiteti tarkibiga qo'shib yuborilgan. Quyidagi kirish ballari va kvotalar o'tgan yillarga tegishli; joriy qabul ma'lumotlari Qoʻqon davlat universiteti sahifasida.
Qabul yili

0 ta yozuv · 2026 yil

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali kirish ballari 2026

2026-yil uchun bu oliygohda ball ma’lumoti yo‘q.

Ustun nomini bosing — saralash. Chiziq uzunligi 189 balldan ulushni bildiradi. «—»: bu shakl uchun ball e'lon qilinmagan.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali haqida

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali haqida umumiy ma'lumot:

O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali 2017 yil 16 avgustda milliy san’atimiz va madaniyatimizning qadimiy markazlaridan biri bo‘lgan, ko‘plab atoqli san’at va madaniyat namoyandalari yetishib chiqqan Farg‘ona vodiysining bu boradagi alohida o‘rni va nufuzini, ijodiy salohiyatini hisobga olgan holda, iste’dodli yoshlarni o‘zbek va jahon san’atining yuksak namunalari ruhida tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyat va intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ro‘yobga chiqarish, Farg‘ona vodiysi viloyatlari uchun teatr, xalq ijodiyoti sohasi bo‘yicha aktyorlar, madaniyatshunoslik va san’atshunoslik yo‘nalishida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan. Hozirgu kunda filialimizda “Teatr san’ati: musiqali teatr aktyorligi”, “Musiqali teatr rejissyorligi”,”Qo`g`irchoq teatri aktyorligi”, “Xalq ijodiyoti: folklyor va etnografiya”, “Ashula va raqs”, “Kutubxona va axborotlashtirish” yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Filial talabalari to’laqonli bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali kafedrasi:

Kafedra oliy oʻquv yurti tuzilishidagi bir necha turdosh fanlar boʻyicha oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlarni amalga oshiruvchi, talabalar orasida maʼnaviy-marifiy, tarbiyaviy ishlarni olib boruchi, shuningdek, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayorlovchi hamda ularning malakasini oshuruvchi tarmoq hisoblanadi. Kafedrada filial nizomiga koʻra bakalavr yoʻnalishi "Aktyorlik sanʼati (musiqali drama teatr aktyori)" mutaxasisligi boʻyicha talabalar qabul qilish bilan oʻz ish faoliyatini boshlagan.

Hozirgi kunga kelib bakalavr yoʻnalishida quyidagi mutaxassisliklar mavjud:

  • "Teatr sanʼati (musiqali teatr aktyorligi)";
  • "Musiqali teatr rejissyorligi";
  • "Xalq ijodiyoti: folklor va etnografiya";
  • "Ashula va raqs";
  • "Kutubxona va axborotlashtirish".

Hozirgi kunga kelib filial boʻlimlari kengayganligi uchun kafedra nomini ilmiy kengashda koʻrilib chiqilib Teatr sanʼati va xalq ijodiyoti kafedrasiga oʻzgartirildi.

Aloqa

Manzil
O'zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Qo'qon shahri, Movaraunnaxr ko'chasi 3-A uy, 150700

Ko‘p so‘raladigan savollar

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali qayerda joylashgan?

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali manzili: O'zbekiston Respublikasi, Farg'ona viloyati, Qo'qon shahri, Movaraunnaxr ko'chasi 3-A uy, 150700.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialiga qanday bog'lanish mumkin?

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali bilan bog'lanish: +99873 5435011.

O‘xshash oliygohlar

Barcha oliygohlar
↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish