Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi.

Andijon davlat universiteti

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti o‘z tarixini 1931 yildan boshlaydi. Avval Farg‘ona pedagogika insituti filiali, 1939 yilda o‘qituvchilar instituti, so‘ngra 1953 yildan Andijon davlat pedagogika instituti bo‘lib, Vatanimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgach, 1992 yil 28 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Andijon davlat pedagogika instituti Andijon davlat universitetiga aylantirilgan.

Bugungi kunda universitetda Filologiya, Tabiiy fanlar, Tarix, Ijtimoiy iqtisodiyot, Pedagogika, Fizika-matematika, Xorijiy tillar, Jismoniy madaniyat va Maktabgacha ta’lim kabi 9 ta fakultet, shuningdek, 33 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.

Universitetda 29 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishida kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida 10 ming 100 dan ortiq, 18 ta magistratura mutaxassisliklarida 160 dan ortiq talaba ta’lim olmoqda.

Universitetning moddiy texnika bazasi tobora mustahkamlanib bormoqda. Hozirda 6 ta o‘quv binosidagi o‘quv auditoriyalari soni 252 tani tashkil etadi va 6570 nafardan ortiq talabaga mo‘ljallangan. O‘quv-laboratoriya xonalarining umumiy maydoni 45883 kv.metr bo‘lib, bir talabaga to‘g‘ri keladigan foydali maydon 4,5 kv.metrni tashkil etadi.

2 ta axborot-resurs markazi, 26 ta kompyuter xonasi, 954 dona kompyuter, 2000 o‘ringa mo‘ljallangan 6 ta talabalar turar joyi, 910 o‘ringa ega bo‘lgan 6 ta oshxona, 2 ta bufet, 13 ta ochiq va 3 ta yopiq sport maydonlarining barchasi talabalar uchun bo‘lib, ularning yuksak ma’naviyatli, bilimdon, jismonan baquvvat, xar tomonlama yetuk kadrlar bo‘lib yetishishiga xizmat qilmoqda.

Andijon davlat universiteti dunyodagi 50 dan ortiq universitetlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ulardan 28 tasi bilan faol hamkorlik qilish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.

2015-2018 yillarda Erasmus+ dasturi orqali 4 ta: 1-574055-EPP-1-2016-IT-EPPKA2-SBHE-JP - RENES “Muqobil energiya manbalari va turg‘un atrof-muhit ixtisosligi bo‘yicha magistrlik dasturini ishlab chiqish” loyiha qiymati 80,62 AQSh dollari, 2-561857-EPP-1-2015-1-DE-EPPKA2-SBHE-JP – ModeHEd “Universitetlarda salomatlikka oid o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish” loyiha qiymati 46,28 AQSh dollari, 3- 561685-EPP-1-2015-1-SZ-EPPKA2-SBHE-JP – IQAT “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish” loyiha qiymati 72,4 AQSh dollari, 4-SUZ800-14-GR-102 – STEM “Ingliz tilini o‘rgatish” loyiha qiymati 46,4 AQSh dollari bo‘lgan loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Yosh olimlarning qisqa muddatli ilmiy stajirovkasi Italiyaning Piza universiteti bilan yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib xozirda universitetning 3 nafar tayanch doktorantlari ilmiy tadqiqot mavzulari bo‘yicha stajirovka o‘tamoqdalar. Erasmus+ dasturi doirasida jami 13 nafar yosh mutaxassislar  xorijiy ilmiy stajirovkalarda bo‘ldilar.

Universitetda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sohasdagi faoliyati samarasi natijasida. 2015-2018 yillar mobaynida universitetning ilmiy salohiyatida sezilarli o‘zgarish bo‘ldi, 29 ta doktorlik dissertatsiya himoyalari bo‘ldi. Shulardan 9 ta fan doktori (DSs), 20 ta falsafa doktori (PhD)ini tashkil etdi va ilmiy salohiyat qariyb 3% ga ko‘tarilishiga erishilib, 30,1 % ga yetdi. O‘sish tendensiyasi davom etmoqda. 2018 yilning o‘zida 4 nafar tayanch doktorant va 1 nafar mustaqil izlanuvchining muddatidan avval falsafa doktorligi (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgani universitetning ilmiy yo‘nalishdagi muhim yutug‘idir.

Universitetda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-tashkiliy ishlarda Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlar orqali mablag‘larni jalb etishda avvalgi yillarga nisbatan 3 barobar oshirishga, xalqaro grantlarni jalb etishni 3 barobarga, Respublika anjumanlarini o‘tkazishni 2 barobarga, xorijiy ilmiy nashrlarni chop etish 2 barobarga, talabalarni ijodiy ishga jalb etish va nashr qildirish 1,5 barobarga, “Innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalar” yarmarkasida universitetdan beriladigan ishlanmalar soni 3 barobarga oshirishga erishgan. Shu bilan birga, ilmiy-tadqiqot ishlarini iste’molchi talablariga yo‘naltirish bo‘yicha samarali ishlab, 16 ta falsafa doktori dissertatsiyalari mavzulari shakllantirilgan.

Universitetda 2015 yildan buyon professor-o‘qituvchilar tomonidan 28 ta monografiya nashr etilgan. 2018 yilga kelib xorijiy jurnallardagi nashr etish ko‘rsatkichi va maqolalarga murojaatlar 3 barobarga ko‘paygan. Ayni vaqtda universitetda 4 ta xalqaro grant va boshqa dasturlar orqali orqali 245,7 ming AQSh dollaridagi investitsiya jalb qilingan.  Oxirgi 5 yil davomida Andijon davlat universiteti jahonning 15 ta nufuzli universitetlari bilan hamkorlik shartnoma va memorandumlarini imzoladi va ularning umumiy soni 27 taga yetdi.

Universitetda ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan o‘zaro innovatsion korporativ xamkorligini rivojlantirish sohasida qilingan ishlar natijasida viloyat xududidagi va respublikadagi 61 ta ta’lim va ishlab chiqarish korxonalari va boshqa tashkilotlari bilan shartnomalar imzolangan va universitetda bajariladigan 138 ta bitiruv malakaviy ishlari, 41 ta magistrlik dissertatsiyalari va 14 doktorlik dissertatsiyalarini hamkor korxonalarning muammolariga yo‘naltirishga erishilgan. Universitet “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” respublika yaramarkasida muntazam ishtirok etib, yarmarkaga taqdim etilgan loyihalar va uning doirasida tuzilgan shartnomalar salmog‘i 2015-2017 yillarda 2012-2014 yillarga nisbatan 2 barobarga ortgan. Shu davrgacha yarmarkaga 30 ta ishlanma taqdim etilgan, ular doirasida 346,0 mln. so‘mlik  12 ta shartnoma imzolanishiga erishilgan.

Hozirgi kunda universitet bitiruvchilari xalqaro tashkilotlarda, yirik transmilliy korporatsiyalarda, O‘zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarida, ta’lim tizimida hamda nodavlat sektorda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari
Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Arizalar soni
Kirish ballari

Amaliy matematika

5130200

25
10
15
730
29.2
-
-

Amaliy sanat: badiiy kulolchilik

5151201

25
5
20
71
2.8
-
-

Arxivshunoslik

5220300

25
5
20
718
28.7
-
-

Biologiya (turlari bo‘yicha)

5140100

100
20
80
9385
93.9
-
-

Boshlang‘ich ta’lim

5111700

75
25
50
6950
92.7
-
-

Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari (rubob prima, qashqar va afg‘on rubobi)

5150711

25
5
20
129
5.2
-
-

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5630100

25
5
20
3731
149.2
-
-

Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

5120101

125
20
105
3074
24.6
-
-

Fizika

5140200

75
10
65
1650
22
-
-

Fizika va astronomiya

5110200

50
10
40
1137
22.7
-
-

Geografiya

5140600

50
5
45
2057
41.1
-
-

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili

5611501

25
5
20
1606
64.2
-
-

Inson resurslarini boshqarish

5231600

25
3
22
1164
46.6
-
-

Jismoniy madaniyat

5112000

65
10
55
2211
34
-
-

Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha)

5112001

60
15
45
401
6.7
-
-

Kimyo (turlari bo‘yicha)

5140500

75
15
60
3195
42.6
-
-

Kompyuter injiniringi: AT-Servis

5330502

25
5
20
1600
64
-
-

Kompyuter injiniringi: “Kompyuter injiniringi”

5330501

25
5
20
2545
101.8
-
-

Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish

5151700

50
5
45
1210
24.2
-
-

Maktabgacha ta’lim

5111800

125
25
100
9109
72.9
-
-

Matematika

5130100

100
30
70
2158
21.6
-
-

Matematika va informatika

5110100

75
10
65
2122
28.3
-
-

Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish

5610200

25
5
20
1703
68.1
-
-

Mexanika va matematika modellashtirish

5140300

25
5
20
1058
42.3
-
-

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

5111600

50
5
45
2228
44.6
-
-

Musiqa taʼlimi

5111100

50
10
40
262
5.2
-
-

Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)

5321000

25
5
20
3041
121.6
-
-

Pedagogika va psixologiya

5110900

50
10
40
5249
105
-
-

Psixologiya: amaliy psixologiya

5210203

25
5
20
2534
101.4
-
-

Rangtasvir: dastgohli

5150801

25
5
20
95
3.8
-
-

Sport faoliyati: boks

5610502

25
3
22
171
6.8
-
-

Sport faoliyati: futbol

5610513

25
2
23
178
7.1
-
-

Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

5120300

25
5
20
3815
152.6
-
-

Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi

5110800

50
10
40
312
6.2
-
-

Texnologik ta’lim

5112100

50
10
40
3023
60.5
-
-

Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha )

5610300

25
5
20
2188
87.5
-
-

Vokal sanʼati: anʼanaviy xonandalik

5150602

25
5
20
97
3.9
-
-

Xorijiy til va adabiyoti: fransuz tili

5111402

50
5
45
536
10.7
-
-

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

5111400

125
15
110
5016
40.1
-
-

Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili

5111401

50
5
45
770
15.4
-
-