Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2024 Kirish ballari Yangiliklar DTM testlar Reklama

Davlat soliq qomitasi huzuridagi Fiskal instituti kirish ballari 2021

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut oliy oʻquv yurti. 2020-yil 4-noyabrdagi „Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish toʻgʻrisida“gi PQ-4879-son qaroriga asosan tashkil topgan. Oliygoh asosan soliq va soliqqa tortish yoʻnalishida oliy maʼlumotli mutaxassislarni oʻqitish va ularning koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan tayanch oliygohi hisoblanadi. Institutni tashkil etish va rivojlantirish yo'lida Jahon banki tomonidan 10 million dollar kredit berilgan. Istitutda kunduzgi va sirtqi ta'lim yo'nalishlari mavjud. Prezidentning 8-fevraldagi qarori bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti bitta oliy ta’lim muassasasiga birlashtirildi.

Tarixi

Fiskal atamasinung asli kelib chiqishi Rossiya iperatori boʻlgan Pyotr I ga taqaladi. Bungga sabab uning bu atamani ilk bor qoʻllagani edi. Fiskal lavozim hisoblanib bu lavozimdagi odamlar sud va moliya sohasida faoliyat yurituvchi insonlarni ishlarini nazorat qilish va ularga yordam berishdan iborat edi. Ayni damda Fiskal lavozimi rivojlangan davlatlarda soliq, moliya hamda boshqa sohalarga yoʻnaltirilgan.

2024-yil 8-fevral kuni Moliya va Fiskal institutlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti („Narxoz“) tarkibiga qoʻshib yuborildi. Toʻlqin Teshaboyev esa universitet rektori etib tayinlanadi.

Yoʻnalishlar

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)

5230900 / Matematika / Chet tili

75
-
75
-
93.45

Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

5234100 / Matematika / Chet tili

25
-
25
-
117.6

Soliqlar va soliqqa tortish

5230800 / Matematika / Chet tili

175
-
175
-
78.75