Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti kirish ballari 2026

O‘zbekiston Respublikasi 16.10.2021-yildagi PQ-5261-son Prezidentining qarori bilan, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etildi.

  • Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tarkibida faoliyat yuritadi
  • Milliy estrada yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaydi.

Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanib, ta’lim davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat konservatoriyasidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutiga o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari:

Milliy estrada san'ati instituti talim yo'nalishlari:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

  • Professional ta’lim: vokal san’ati (estrada xonandaligi)
  • Professional ta’lim: cholg‘u ijrochiligi (estrada cholg‘ulari)
  • Dirijyorlik: estrada orkestri dirijyorligi
  • Vokal san’ati: estrada xonandaligi
  • Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari
  • Texnogen san’at: musiqiy ovoz rejissyorligi

Magistratura mutaxassisliklari

  • Vokal san’ati: estrada xonandaligi
  • Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab yangi ochiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura

I. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

  • Bastakorlik san’ati
  • San’atshunoslik: musiqashunoslik

II. Magistratura mutaxassisliklari

  • Ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi
  • Musiqa san’ati

Institut bitiruvchilariga oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti kirish ballari 2026-2027 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Grant balli Kontrakt balli
Bastakorlik sanʼati 60210900 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 139.2 117.8
Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (fleyta, goboy) 60211526 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 107.1 102.7
Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (fortepiano) 60211502 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 168.3 144.9
Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (gitara bas) 60211503 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 160.6 122.4
Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (gitara) 60211504 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 164.6 115
Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (saksofon) 60211505 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 159.7 109.8
Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (skripka, alt) 60211527 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 155.4 136.8
Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (trombon) 60211506 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 116 83.1
Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (truba) 60211507 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 140.2 86.3
Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (violchel, kontrabas) 60211528 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 153.8 94.4
Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (zarbli cholgʻular) 60211508 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 161.3 129.4
Dirijyorlik: estrada orkestri dirijyorligi 60211302 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 112.5 —
Sanʼatshunoslik: musiqashunoslik 60211002 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 159.9 115.9
Texnogen sanʼat: musiqiy ovoz rejissorligi 60210102 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 148.3 106.1
Vokal sanʼati: estrada xonandaligi 60211403 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 165.9 152.7