Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut oliy oʻquv yurti. 2020-yil 4-noyabrdagi „Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish toʻgʻrisida“gi PQ-4879-son qaroriga asosan tashkil topgan. Oliygoh asosan soliq va soliqqa tortish yoʻnalishida oliy maʼlumotli mutaxassislarni oʻqitish va ularning koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan tayanch oliygohi hisoblanadi. Institutni tashkil etish va rivojlantirish yo'lida Jahon banki tomonidan 10 million dollar kredit berilgan. Istitutda kunduzgi va sirtqi ta'lim yo'nalishlari mavjud. Prezidentning 8-fevraldagi qarori bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti bitta oliy ta’lim muassasasiga birlashtirildi.
Tarixi
Fiskal atamasinung asli kelib chiqishi Rossiya iperatori boʻlgan Pyotr I ga taqaladi. Bungga sabab uning bu atamani ilk bor qoʻllagani edi. Fiskal lavozim hisoblanib bu lavozimdagi odamlar sud va moliya sohasida faoliyat yurituvchi insonlarni ishlarini nazorat qilish va ularga yordam berishdan iborat edi. Ayni damda Fiskal lavozimi rivojlangan davlatlarda soliq, moliya hamda boshqa sohalarga yoʻnaltirilgan.
2024-yil 8-fevral kuni Moliya va Fiskal institutlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti („Narxoz“) tarkibiga qoʻshib yuborildi. Toʻlqin Teshaboyev esa universitet rektori etib tayinlanadi.
Yoʻnalishlar