Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Geologiya fanlari universiteti kirish ballari 2021

Geologiya fanlari universiteti (GFU) 2020 y. 8 iyundagi №PQ-4740-sonli “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezident Qaroriga binoan tashkil topgan.

№PQ-4740-sonli 2020 y. 8 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq GFU quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan:

  • Geologiya sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining zamonaviy talablariga moslashishtirish;
  • Geologiya sohasida taʼlim, fan va amaliyotning organik aloqasini kerakli darajada taʼminlash, Yer haqidagi fanlarni, xususan ularning fundamental yo‘nalishlarini amaliyot bilan real integratsiyasi uchun sharoit yaratish;
  • Tabiiy fanlar bilim sohasidagi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishning aniq mezonlari va samarali mexanizmlarini joriy etish;
  • Kadrlar tayyorlash tizimida moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini yaratish bilan vijdonan va yuqori malakali ishchilarni oliy o‘quv yurtlariga jalb qilish.

GFU - bu geologiya sohasida malakali kadrlar tayyorlash uchun respublikaning davlat geologiya qo‘mitasi, tog‘-kon sanoati korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradigan ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurti va ilmiy-tadqiqot muassasasidir.

Bugungi kunda universitetda tarkibida 2 ta fakultet, 7 ta kafedra mavjud bo‘lib, bakalavr yo‘nalishining kunduzgi va sirtqi bo‘limlarining 6 ta taʼlim yo‘nalishi hamda 4 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Taʼlim va tarbiya kontingentida 1000 dan ortiq talabdan mavjud.

Universitetda 65 nafar professor, 11 nafar doktori, 33 nafar fan nomzodlari faoliyat yuritadilar.

GFU FAKULTETLARI:

  • Foydali qazilma konlari geologiyasi fakulteti
  • Neft va gaz konlari geologiyasi fakulteti

  • Rossiya va O‘zbekiston qo‘shma ta‘lim dasturi

GFU YOTOQXONASI:

Geologiya fanlari universitetida qulayliklari hech bir mehmonxonadan qolishmaydigan 400 ga yaqin o‘rinli talabalar yotoqxonasi mavjud

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Foydali qazilma konlarini izlash va qidirishning geofizik usullari

5315000

25
10
15
111.3
82.95

Geologik tasvirlash, foydali qazilma konlarini izlash va qidirish

5314900

25
13
12
115.5
87.15

Geologiya-qidiruv ishlari iqtisodiyoti

5234200

25
10
15
147
117.6

Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi

5315100

25
10
15
111.3
81.9

Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi

5311800 / Fizika / Matematika

25
10
15
105
77.7

Neft va gaz geologiyasi

5141600

25
13
12
118.65
92.4