Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali kirish ballari 2022

DavlatXorazm
Yo'nalishlar1noyob yo‘nalish
Eng past kontrakt89.4189 balldan
Eng past grant111.4189 balldan
Ma'lumot yili2022qabul mavsumi
Ball diapazoni89.4 – 113.2kontrakt → grant

Kirish ballari

maks. 189 ball
Qabul yili
Ta’lim shakli
Ta’lim tili

1 ta yozuv · 2022 yil

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali kirish ballari 2022
Xoreografiya (turlari bo‘yicha)60211602 · Tarix (Kirish - 1-mavzu), 111.489.4

Ustun nomini bosing — saralash. Chiziq uzunligi 189 balldan ulushni bildiradi. «—»: bu shakl uchun ball e'lon qilinmagan.

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 yanvardagi 31-son qaroriga asosan milliy raqs san’ati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 yanvardagi 31-son qaroriga asosan milliy raqs san’ati sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, Xorazmning qadimiy raqsi «Lazgi»ni asrab-avaylash, uni ilmiy o‘rganish, jahon miqyosida keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali tashkil etilgan bo‘lib, filialning asosiy vazifalari:

kadrlar tayyorlash jarayoniga sohaning yetuk va malakali mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan va ta’limning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;

raqs san’ati bo‘yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;

ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish;

talaba yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda ularning xorijda ta’lim olishi, ilmiy-ijodiy ishlar olib borishini samarali tashkil etish, hamkorlikdagi konsert dasturlarini muntazam asosda yo‘lga qo‘yish;

kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirish, iqtidorli talaba yoshlarni ushbu yo‘nalishga keng jalb etish;

soha mutaxassislarining xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, stajirovka o‘tashlarini tizimli tashkil etish;

b) «Lazgi» bo‘limining asosiy vazifalari:

«Lazgi» ijrochiligini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

fan-ta’lim va ijrochilikning integratsiyalashuvini ta’minlash;

«Lazgi» ijro yo‘li namunalari «Oltin fondi»ni yaratish;

an’anaviy «Lazgi» ijro yo‘lini asrab-avaylash, uni zamonaviy ijro uslublari namunalari bilan yanada takomillashtirish, raqsning ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini olimlar va ijrochi mutaxassislar ishtirokida chuqur o‘rganish;

«Lazgi» ijro yo‘lini keng targ‘ib qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

«Lazgi» ijro namunalarini ommaviy axborot vositalari hamda Internet axborot tarmog‘i orqali chet ellarda keng targ‘ib qilish.

Filial huzurida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi:

«Lazgi»ning yaratilish tarixi va rivojlanish davrini qamrab olgan doimiy ekspozitsiya;

«Lazgi» ijro yo‘lida yaratilgan ijod namunalarining fonotekasi;

«Lazgi»ga oid liboslar namunalari galereyasi, ko‘rgazmalar zali hamda artistik kafesi;

«Lazgi» bolalar havaskorlik teatr-studiyasini tashkil etish qarorda ko‘zda tutilgan.

Ushbu filial o‘z ish faoliyatini 2021-2022 yilida boshlagan bo‘lib, ayni damda filialga Botirov Shonazar Xusainovich direktor qilib tayinlangan. Filial veb sahifasi va ijtimoiy tarmoqlardagi manzillari 

Murojaat uchun telefon raqami 

+99893 411 94 12

+99897 790 60 70

Murojaat va takliflar uchun

@direktorUzdxaufshbotirov

Aloqa

Manzil
Xorazm viloyati Urganch shahar, Al - Beruniy ko'chasi, 2-A uy, Tel: +998(97) 794-45-55

Ko‘p so‘raladigan savollar

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialiga kirish ballari qancha?

2022-yil qabulida Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 1 ta yo'nalish bo'yicha kontrakt balli 89.4 dan boshlanadi, grant ballari 111.4 dan 113.2 gacha.

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida qaysi ta'lim shakllarida o'qish mumkin?

2022-yil ma'lumotlariga ko'ra Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida quyidagi ta'lim shakllari mavjud: Kunduzgi, Sirtqi.

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida qaysi tillarda ta'lim beriladi?

2022-yil ma'lumotlariga ko'ra ta'lim tillari: O‘zbek, Rus.

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali qayerda joylashgan?

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali manzili: Xorazm viloyati Urganch shahar, Al - Beruniy ko'chasi, 2-A uy, Tel: +998(97) 794-45-55.

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialiga qanday bog'lanish mumkin?

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali bilan bog'lanish: +998977944555.

O‘xshash oliygohlar

Barcha oliygohlar
↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish