1-oktabrdan sinf rahbarligi va daftar tekshirish uchun qancha to‘lanadi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
1-oktabrdan sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun qancha to‘lanadi?
Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun to‘lovlar o‘qituvchilarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga (1 155 000 so‘m) nisbatan foiz hisobida to‘lanadi.
Sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:
- 15 nafar o‘quvchigacha – 26,4 foiz (304 490 so‘m);
- 16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha – 31,6 foiz (364 980 so‘m);
- 21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha – 36,9 foiz (426 195 so‘m);
- 26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha – 42,1 foiz (486 255 so‘m);
- 31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda – 52,8 foiz (609 840 so‘m).
Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham):
- Sinfdagi o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda – 8,8 foiz (104 640 so‘m);
- 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda – 17,6 foiz (203 280 so‘m).
Informatika kabineti mudirligi uchun – 17,6 foiz (203 280 so‘m).