1-oktyabrdan o‘qituvchilar maoshi 15 foizga oshadi
2024-yil 1-oktyabrdan boshlab prezident farmoni bilan o‘qituvchilar va pedagog xodimlar maoshi 15 foizga oshiriladi. Bu maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari xodimlarini qamrab oladi.

Prezident farmoni asosida, 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab:
- Maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari,
- “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning
ish haqi miqdori 15 foizga oshiriladi.





