2023-yildan ba’zi toifa talabalarning kontraktini davlat to‘lab berdi
02.01.2023 18:50

Ona tilini videodarslar orqali Professional ustozlardan BEPUL o'rganing.– Registon o‘quv markazi
PQ-289-sonli Prezident qaroriga binoan, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan talabalarning hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasasida o‘qish davri uchun to‘lov-kontrakt qiymatini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasida qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalarning hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasasida o‘qish davri uchun to‘lov-kontrakti qiymatini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlarida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan va yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan talabalari o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi;
- tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar bilan davlat maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida kamida uch yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnoma rasmiylashtiriladi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
O‘zbekistonda qing‘ir yo‘l bilan o‘qishga kirganlarni OTMdan chetlatish tartibi qanday?
04.02.2023 22:04
2 nafar talaba is gazidan vafot etdi
03.02.2023 19:41
22 yoshli talaba 5 yilga qamaldi
02.02.2023 19:46