2024/2025 o‘quv yili uchun o‘qishni ko‘chirish imtihonlari baholash tizimi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2024/2025 o‘quv yilida o‘qishni ko‘chirish talabida bo‘lgan talabalar uchun baholash mezonlari quyidagicha belgilandi:
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:
- Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball.
- Matematika - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball.
- O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta mutaxassislik fan bo‘yicha:
- 1-fan - 30 ta savol. Har biri uchun 3,1 balldan. Maksimal ball – 93 ball.
- 2-fan - 30 ta savol. Har biri uchun 2,1 balldan. Maksimal ball – 63 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.
Umumiy holda, 2024/2025 oʻquv yilida o‘qishni ko‘chirish talabida bo‘lganlar uchun 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ball.