Abituriyent

Milliy sertifikat imtihoniga uzrli sabab bilan kelmaganlarga to‘lov qaytariladi

Milliy sertifikat imtihoniga uzrli sabab bilan qatnasha olmagan talabgorlar endi to‘lovini qaytarib olishi yoki keyingi imtihonda bepul ishtirok etishi mumkin.

337 ko'rish

Milliy sertifikat imtihoniga uzrli sabab bilan kelmaganlarga to‘lov qaytariladi

Chet tili va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoniga uzrli sabab bilan qatnasha olmagan talabgorlar uchun yangi tartib joriy etildi. Endilikda bunday holatda imtihon uchun to‘langan mablag‘ kuyib ketmaydi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi mas’ul xodimi ma’lum qilishicha, uzrli sabab bilan imtihonga kela olmagan talabgorlar ikki imkoniyatdan birini tanlashi mumkin.

Talabgorlarga qanday imkoniyat beriladi?

Uzrli sabab tasdiqlangan taqdirda talabgor:

  • keyingi milliy sertifikat imtihonida qo‘shimcha to‘lovsiz ishtirok etishi;
  • yoki imtihon uchun to‘langan mablag‘ni to‘liq qaytarib olishi mumkin.

Qaysi holatlar uzrli sabab sifatida qabul qilinadi?

Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun talabgor uzrli sababni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim.

Uzrli sabablar quyidagilar:

  • kasallik;
  • xizmat safari;
  • oila a’zosining vafoti.

Kimlarga ushbu imtiyoz tatbiq etilmaydi?

Quyidagi holatlarda to‘lovni qaytarish yoki keyingi imtihonda bepul qatnashish imkoniyati berilmaydi:

  • imtihonga kechikib kelganlar;
  • uzrsiz sabab bilan imtihonda qatnashmaganlar;
  • imtihon qoidalarini buzganligi sababli imtihondan chetlashtirilgan talabgorlar.

Batafsil tushuntirishni Bilim va malakalarni baholash agentligi mas’ul xodimining Telegram orqali bergan izohida ko‘rish mumkin.

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish