2025 - oʻquv yilidan doktoranturaga qabul tartibi oʻzgarishi mumkin
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Keyingi oʻquv yilidan doktoranturaga qabul tartibi oʻzgarishi mumkin
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Ilmiy va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularni qoʻllab-quvvatlashning tubdan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi farmon loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Unga koʻra, 2025-yildan boshlab oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul talabgorlarning ilmiy faoliyat natijalari boʻyicha Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimida toʻplangan tegishli maʼlumotlar asosida jamlanadigan ballar yigʻindisiga koʻra amalga oshiriladi.
Yagona elektron tizimda toʻplanadigan maʼlumotlar:
- Mutaxassislik fanlari boʻyicha ballar – bakalavriat va magistratura taʼlim bosqichlarida tegishli fanlar boʻyicha toʻplangan ballar (baholari);
- Xorijiy tillarni bilish darajasi boʻyicha ballar – taʼlimning tegishli sohalari va yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlishiga qarab tabaqalashtiriladi.
Yagona elektron tizimda, shuningdek, tadqiqot taklifi (research proposal), tadqiqot ishining maqsadi va kutilayotgan natija, tavsiyanomalar, sohaga oid chop etilgan ilmiy maqolalar va boshqa tegishli maʼlumotlar ham jamlanadi.