2025-yildan bog‘cha rahbar va pedagoglari moddiy rag‘batlantiriladi
2025-yildan boshlab bogʻchalar rahbar va pedagoglari moddiy ragʻbatlantiriladi. Direktor o‘rinbosarlariga qo‘shimcha ustama, malaka oshirish xizmatlari va inklyuziv taʼlim guruhlari haqida batafsil maʼlumot

Endilikda bogʻchalar rahbar va pedagoglari ham moddiy ragʻbatlantiriladi
Prezidentning 2024-yil 30-sentyabrdagi PF-152-son Farmoniga ko‘ra, 2025-yildan boshlab maktabgacha ta’lim tizimida bir qator yangi o‘zgarishlar va moddiy rag‘batlantirish choralari joriy etiladi. Ushbu farmon maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va pedagoglari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
2025-yil 1-yanvardan:
- Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi.
- Respublikaning barcha tuman va shaharlarida kamida bittadan tayanch maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
- Barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishning “Metodik mahorat soati”, tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlarida esa “Metodik mahorat kuni” shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
- Trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor oʻrinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha ustama haq toʻlanadi.
2025-yil 1-martdan:
- Mobil malaka oshirish xizmatlari tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun joriy etiladi.
Rahbar va pedagoglar uchun ragʻbatlantirish:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini ragʻbatlantirishga ruxsat etiladi. Bu maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va ularning ish faoliyatini yaxshilashga qaratilgan.
Inklyuziv ta’lim:
2025-yil 1-yanvardan har bir tuman (shahar)dagi bittadan umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlim guruhlari ochiladi. Bu bolalarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qadamdir.





