2026-yil Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi
3-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaror e’lon qilindi. Qarorga ko‘ra, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga ko‘krak nishoni, diplom va pul mukofoti topshiriladi.
Mukofotlar 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosimda topshirilishi belgilangan.
Pul mukofoti miqdori qancha?
Qarorga muvofiq, sovrindorlarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti ajratiladi. Mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati (2026)
Quyida hududlar kesimida mukofot sovrindorlari keltirilgan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
-
Satniyazova Indira Qaniyaz qizi – Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi
-
Erimbatova Dilnoza Nurulla qizi – Qoraqalpoq davlat universiteti magistranti
Andijon viloyati
-
Umurzoqova Moxlaroy Muxtorjon qizi – Andijon davlat pedagogika instituti magistranti
-
Abduqaxorova Muslimaxon Mirzabaxrom qizi – Andijon davlat pedagogika instituti magistranti
Buxoro viloyati
-
Ergashova Mehriniso Husniddin qizi – Buxoro davlat pedagogika instituti magistranti
-
Fayzullayeva Vazira Xamidovna – Buxoro davlat tibbiyot instituti magistranti
Jizzax viloyati
-
Tursunova Visola Behzodovna – Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi
-
Jo‘raboyeva Muhsina Orif qizi – O‘zbekiston Milliy universiteti xodimi
Qashqadaryo viloyati
-
Murodova Marjona Shuxrat qizi – Bojxona instituti inspektori
-
Amirova Latofat Bahrom qizi – Erkin ijodkor, shoira
Navoiy viloyati
-
Qudratova Mashxura Fazliddin qizi – Prezident maktabi o‘quvchisi
-
Haydarova Laziza Nabijon qizi – Navoiy davlat universiteti talabasi
Namangan viloyati
-
Ergashova Xushnozaoy Toxirjon qizi – “Bahor” davlat raqs ansambli balet artisti
-
Ismoilova Gulshanoy Shuhrat qizi – O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi
Samarqand viloyati
-
Mamedova Amaliya Parvizovna – 33-maktab o‘quvchisi
-
Tohirova Mohigul Umir qizi – Samarqand davlat universiteti assistenti
Sirdaryo viloyati
-
Mingboyeva Zulxayo Ulug‘bek qizi – Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi
-
Maxmudova Olimaxon Yusufjon qizi – O‘zbek milliy maqom san’ati markazi sozandasi
Surxondaryo viloyati
-
Ibrogimova Nodira Jurabekovna – “Shkola 21” loyiha rahbari
-
Shokirova Gulhayyo O‘ktam qizi – Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti magistranti
Toshkent viloyati
-
Uralova Gulhayo Baxodir qizi – Fanlar akademiyasi tayanch doktoranti
-
Xolmuxamedova Parizod Jasurbek qizi – Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi
Farg‘ona viloyati
-
Jo‘raboyeva Dilafruzxon Sardorjon qizi – Xalqaro frilanser
-
Sobirova Dilafruzxon Salohiddin qizi – Prezident maktabi o‘quvchisi
Xorazm viloyati
-
Quronboyeva Moxinur Odilbek qizi – Urganch davlat tibbiyot instituti katta o‘qituvchisi
-
Do‘smetova Shahzoda Do‘smet qizi – O‘zbek milliy maqom san’ati markazi maqom xonandasi
Toshkent shahri
-
Saranseva Anastasiya Olegovna – 208-maktab o‘quvchisi
-
Mavlonova Sevinch Sanjar qizi – “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi