9-sinflarga matematika fanidan attestatsiya qanday bo‘lishi aniq bo‘ldi
29-may 12:59

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSIL- Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maxsus sayt orqali 9-sinf bitiruvchilari uchun matematika fanidan o‘tkaziladigan test variantlarini aniqlash bo‘yicha qur’a tashlandi
- Bunda o‘quvchilar 5- va 7- variantlar asosida imtihon topshirishlari ma’lum bo‘ldi.
Oʻquvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 2 ta bilet taqdim etiladi. Biletda oʻquvchiga 10 tadan (6 ta algebra, 4 ta geometriya) savol beriladi.Savollarning 3 tasi (2 ta algebra, 1 ta geometriya) bilishga, 5 tasi (3 ta algebra, 2 ta geometriya) qoʻllashga, 2 tasi (1 ta algebra, 1 ta geometriya) mulohazaga oid boʻladi.Savollarga javoblarni yozish uchun maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qoʻyilgan A4 formatdagi qogʻozlarga yozadilar.
Bilet savollarigajavob berishi uchun umumiy 180 daqiqa vaqt beriladi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Mashhur anonim matematik OʻzMU bitiruvchisi bo‘lib chiqdi
28-fevral 06:35
Matematika va ba’zi fanlarda kerakli formulalar beriladimi?
20.06.2023 11:17