Abituriyentlar uchun imtihon to‘lovi yangilandi: 2025-yilgi miqdor ma’lum

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSIL2025-yilgi oliy ta’limga kirish imtihonlari va o‘qishni ko‘chirish test sinovlarida qatnashish uchun to‘lov miqdori oshirildi. Endilikda abituriyentlar va o‘qishni ko‘chirish istagidagi talabalar 187 500 so‘m to‘lov qiladilar.
Nima sababdan to‘lov miqdori oshirildi?
To‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 50% ga teng. O‘tgan yilda:
-
BHM — 340 000 so‘m
-
To‘lov miqdori — 170 000 so‘m
Bu yil esa:
-
BHM — 375 000 so‘m
-
To‘lov miqdori — 187 500 so‘m
Kimlar test to‘lovidan ozod?
Quyidagi toifadagi abituriyentlar test to‘lovidan ozod etiladi:
-
Shu yili maktabni bitirayotgan abituriyentlar
-
Nogironligi bo‘lgan shaxslar
-
Mehribonlik uylari bolalari
-
Bolalar shaharchasi bitiruvchilari
-
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da ro‘yxatda turgan shaxslar va ularning farzandlari
-
“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan yoshlar
Qaysi testlar uchun amal qiladi?
Bu to‘lov:
-
Bakalavriatga kirish testlari
-
O‘qishni boshqa OTMga yoki yo‘nalishga ko‘chirish testlari uchun amal qiladi.
Testda qatnashish uchun to‘lov amalga oshirilgachgina ro‘yxatdan o‘tish yakunlanadi.