Alisher Qodirov: "Bolalar 7-sinfdan keyin qobiliyatidan kelib chiqib oʻqitilishi kerak"
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
“Bolalar 7-sinfdan keyin qobiliyatidan kelib chiqib oʻqitilishi kerak” – Alisher Qodirov
“Milliy tiklanish” fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov navbatdagi saylovoldi dasturida maktablarda yettinchi sinfdan boshlab bolalarni qobiliyatiga qarab tabaqalashtirib o‘qitish taklifini ilgari surmoqchi.
Uning fikriga ko‘ra, bolalar 7-sinfgacha umumiy, fundamental bilimlarni olganidan keyin, ularning ilmga bo‘lgan salohiyati, sportchilik qobiliyati, tadbirkorlikka qiziqish va boshqa qobiliyatlari ko‘rinib qoladi.
Ko‘rinib turibdiki, “Milliy tiklanish” partiyasi maktablarda o‘quvchilarni ko‘proq ixtisoslashtirgan holda o‘qitish tarafdori bo‘lmoqda. Ya’ni, bola barcha sohalarni emas, o‘zi mutaxassis bo‘lib ishlamoqchi bo‘lgan sohasiga ko‘proq vaqt ajratishi taklif etilmoqda.
“Bundan tashqari, bugun maktablarimiz oliy ta’limni hayot-mamot masalasi sifatida bolaning ongiga singdiryapti. Vaholanki, baxtli yashash uchun oliy ta’lim diplomi talab qilinmaydi,” – deya fikr bildirdi Qodirov.