Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Avstraliya: Charles Darwin universiteti tomonidan bakalavr va magistratura kurslari uchun 7500$ lik grant dasturi

28.02.2021 03:38
Avstraliya: Charles Darwin universiteti tomonidan bakalavr va magistratura kurslari uchun 7500$ lik grant dasturi

Davlat:

Avstraliya

Rasmiy havola:

www.cdu.edu.au

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Universitet:

Charles Darwin universiteti, 2003 yilda Avstraliya davlat universiteti sifatida tashkil etilgan. Ushbu universitet Northern Territory universiteti bilan birlashish natijasida tashkil topgan va mashxur ingliz tabiatshunosi Charles Darwin nomi bilan atalgan. Shundan boshlab minglab milliy va xalqaro talabalarga ilm ulashib kelmoqda.

Destination Australia grant dasturi:

Ushbu grantga xalqaro bo‘lib, barcha davlatlardan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin. Grant talabaning o‘qish to‘lovining $7500 lik qismini qoplab berishi ko‘zda tutilgan.

Ariza topshirish:

Nomzodlar grant uchun alohida ariza topshirishlari shart emas. Universitetning bakalavr yoki magistratura kurslaridan biriga bu yerdan ariza topshirish orqali, yuqoridagi grant uchun ham nomzodlik qilish huquqiga ega bo‘ladilar. Universitet taklif etayotgan o‘quv dasturlarini bu yerdan ko‘rishingiz mumkin.

Tugash muddati:

Hozirda universitetning 2-semestrida ta’lim olish uchun qabul ochiq va qabul yakuniy sanasi turli yo‘nalishlarda-turlicha. Grant dasturi uchun qabul ham aynan siz tanlagan kurs uchun xujjatlarni qabul qilish yakunigacha davom etadi. Universitetga bu yerdan ariza topshirishingiz mumkin.

Batafsil rasmiy saytda