Avstriya: Magistratura bosqichi kurslaridan birida o‘qimoqchi bo‘lgan O‘zbekiston talabalari uchun 11 500 yevro qiymatga ega grant dasturi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Universitet va grant dasturi haqida qisqacha:
Vena Texnologiya Universiteti - 1815 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Avstriyaning Vena shahridagi yirik davlat universitetlaridan biri hisoblanadi. U pedagogika va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarda keng xalqaro va mahalliy obro‘ga ega bo‘lib, innovatsion yo‘naltirilgan loyihalar asosida ta’limni tashkil etuvchi universitet hisoblanadi. Ushbu universitet e’lon qilgan CASPIAN Scholarships grant dasturi Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Eron va Rossiya davlatilarining a’lochi va iqtidorli talabalariga magistratura bosqichi bosqichida ta’lim olishlari uchun umumiy qiymati 11 500 yevro bo‘lgan stipendiyani taqdim etadi.
Grantning umumiy tafsilotlari:
- Ushbu dastur uchun arizalar faqatgina Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Eron va Rossiya davlatlari fuqarolaridan qabul qilinadi;
- Grant umumiy qiymati 11 500 yevro bo‘lgan stipendiyani universitetning Engineering Management yo‘nalishida magistatura bosqichida o‘qimoqchi bo‘lgan iqtidorli talabalar uchun taqdim etadi. Taklif etilayotgan grant talabalarning o‘qish puli uchun universitetga to‘lanadi;
- Grant bakalavr darajasini a’lo baholar bilan tamomlagan nomzodlarga taqdim etiladi.
Ariza topshirish jarayoni:
- Nomzodlar avvalo bu yerdan Engineering Management yo‘nalishi magistratura bosqichida o‘qish uchun ariza shaklini to‘ldirishi va zaruriy boshqa hujjatlarni topshirishlari kerak;
- Nomzodlar o‘qishga qabul qilingach grant dasturi uchun ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi;
- Grant dasturi uchun to‘ldirilgan ariza formasi bilan birga CV, pasport nusxasi (JPEG formatda) va baholardan ko‘chirma ham talab qilinadi;
- Nomzodlardan kamida B2 darajadagi xalqaro IELTS 5.5, TOEFL iBT 87, CAE 45 yoki FCE 160 sertifikatlaridan birini taqdim etishlari kerak.
Qabul tugashi: 30-aprel 2021-yil