Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Boshlangʻich sinflarda Tabiiy fan, Informatika va Tarbiya fanlaridan kimlar dars berishi mumkin?

28-avgust 02:43
Boshlangʻich sinflarda Tabiiy fan, Informatika va Tarbiya fanlaridan kimlar dars berishi mumkin?

Boshlangʻich sinflarda Tabiiy fan, Informatika va Tarbiya fanlaridan kimlar dars berishlari mumkin?

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining buyrug‘iga ko‘ra, “Boshlangʻich taʼlim” o‘qituvchilari boshlangʻich sinflarda “Tabiiy fan (Science)”, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari boʻyicha dars berishlari mumkin.

Shuningdek, “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” fanlari o‘qituvchilari 5-6-sinflarda “Tabiiy fan (Science)” fanida, “Tarix”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va huquq” mutaxassisligiga ega o‘qituvchilar 5-11-sinflarda “Tarbiya” fani boʻyicha dars oʻtishlariga ruxsat berilgan.

Malaka toifalari qanday belgilanadi?

Vazir buyrug‘ida keltirilishicha, “Tabiiy fan (Science)”dan dars beradigan “Boshlangʻich taʼlim”, “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” fanlari o‘qituvchilariga amaldagi malaka toifasiga mos ravishda haq to‘lanadi. 5-11-sinflarda “Tarbiya” fanidan dars beradigan “Tarix”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va huquq” mutaxassisligiga ega o‘qituvchilar uchun “Tarbiya” fanidan malaka toifasi mavjud bo‘lmasa, amaldagi malaka toifasiga mos ravishda haq to‘lanishi belgilangan.

Shuningdek, “Tarbiya” fanidan dars oʻtish huquqiga ega boʻlgan oʻqituvchilarda bir vaqtning oʻzida “Tarbiya” hamda tegishli fanlardan malaka toifalari boʻlsa, “Tarbiya” fanidan dars berganda faqatgina ushbu fan boʻyicha malaka toifasi tatbiq etiladi va mos ravishda haq toʻlanadi.