Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Buyuk Britaniya universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda

17.03.2023 00:29
Buyuk Britaniya universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Grant qo‘lga kiritgan talabalar o‘qish to‘lovidan ozod etilib, yashash xarajatlarini qoplash uchun mablag‘ ajratiladi.

Foto: University of Sheffield

Buyuk Britaniyaning Sheffild universiteti magistratura uchun stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan mamlakatlardan, xususan, O‘zbekistondan ham nomzodlar hujjat topshirishi mumkin.

Universitet “Allan” va “Nesta Ferguson” xayriya jamg‘armasi va Sheffild xalqaro taraqqiyot instituti bilan hamkorlikda bir qator kurslar uchun stipendiyalar taklif qiladi.

Grantga ishtirok etish uchun xalqaro rivojlanish, global jurnalistika, xalqaro jamoatchilik va siyosiy kommunikatsiya hamda madaniyatlararo muloqot kabi kurslarga 5-mayga qadar ariza jo‘natish kerak.

Kurslardan birida o‘qish taklifini olgan nomzodlar avtomatik ravishda stipendiya uchun ko‘rib chiqiladi.

Grant qo‘lga kiritgan talabalar o‘qish to‘lovidan ozod etilib, yashash xarajatlarini qoplash uchun mablag‘ ajratiladi.

Arizalarni 31-maygacha havola orqali onlayn jo‘natish kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.