Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Cambridge Universitetida magistratura bosqichida grant asosida tahsil olish imkoniyati- $44 200 AQSH dollari

27.10.2021 23:56
Cambridge Universitetida magistratura bosqichida grant asosida tahsil olish imkoniyati-  $44 200 AQSH dollari

Muddati:

15.05.2022

Davlat:

Buyuk Britaniya

Rasmiy havola:

boustany-foundation.org

Grant turi:

Magistratura

Umumiy Ma’lumotlar:

Cambridge universiteti hozirda bizness yo‘nalishi bo‘yicha eng yetakchi universitetlardan biri hisoblanadi. Grantni yutib olgan nomzodlar shuningdek eng qadimgi hamda nufuzli bo‘lgan Pembroke kollejining rasmiy a’zosiga ham aylanishadi.

Grant quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • £30,000~ $41 220 AQSH dollar miqdorda moliyaviy yordam puli;
  • Turar joy hamda yashash xarajatlari bilan ham ta’minlanadi;

Eslatma: Ushbu grant 2 yilda 1 marotaba taqdim etiladi.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

  • Nomzodlarning akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi lozim;
  • Barcha millat fuqorolari topshirishlari mumkin ammo Lebaniyaliklarga ustunlik beriladi;
  • Dastlab nomzodlar Cambridge MBA programmedan taklif xatini olishlari zarur so‘ngra ushbu grant uchun zria bera olishadi;

Dasturga qabul jarayoni : Dastlab nomzodlarda o‘z CV larini (ham rasm bo‘lishi lozim) hamda GMAT natijalarini ushbu manzilga taqdim etishlari so‘raladi

Eslatma: Faqatgina saralab olingan nomzodlargina keyingi bosqichga ya’ni intervyuga taklif etiladi. Shuningdek faqatgina 1 ta nomzod ushbu grant sohibi bo‘lishi mumkin.

QAbul qilingan nomzodlar foundation kurs sifatida 2 oylik " The Boustany Foundation Internship " da amaliyot o‘tashadi. Sayohat hamda turar joy xarajatlari qoplab beriladi.

Batafsil ma’lumotlar bilan ushbu rasmiy sahifa orqali batafsil tanishib chiqing.