Foydali

Chet tili imtihonlarini o‘tkazish sanalari o‘zgartirildi

Chet tili imtihonlari sanalari o‘zgartirildi. Endi imtihonlar 21–22-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tish 9-sentyabrda, to‘lov qilish 10-sentyabrda tugaydi

323 ko'rish

Chet tili imtihonlarini o‘tkazish sanalari o‘zgartirildi

Chet tili imtihonlarini o‘tkazish sanalariga o‘zgartirish kiritildi

Joriy yil 27–29-sentyabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.

Biroq, oliy ta’limdan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura va doktorantura)ga hujjatlarni qabul qilish 15-oktabrda yakunlanishi va talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda, milliy sertifikat imtihonlari 21–22-sentabr kunlariga ko‘chirildi.

Talabgorlar my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish 9-sentyabr kuni, to‘lov qilish esa 10-sentyabr kuni yakunlanadi.

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish