DAAD EPOS Scholarship - Xalqaro sog‘liqni saqlash bo‘yicha grant dasturi
Muddati:
15.10.2021
Davlat:
Germaniya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Magistratura
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
DAAD EPOS Scholarship - Germaniyada Xalqaro Sog‘liqni Saqlash bo‘yicha o‘qish uchun grant dasturi.
Ariza topshirish muddati: 2021-yil 15-oktyabr
Xalqaro Sog‘liqni saqlash sohasidagi ushbu dastur Germaniya akademik almashinuv xizmatining (DAAD) EPOS stipendiya dasturi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan magistrlik kurslaridan biridir. Dastur Germaniyaning Berlin shahridagi Charite universiteti tibbiyot markazida bo‘lib o‘tadi.
Grant quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ta’lim xarajatlari;
- yashash xarajatlari.
Talablar:
- Nomzod rivojlanayotgan davlatlardan birining fuqarosi bo‘lishi (O‘zbekiston bor);
- Sog‘liqni saqlash sohasida 2 yillik tajriba;
- Ingliz tilini bilish darajasi.
Hujjat topshirish jarayoni:
- Onlayn ro‘yxatdan o‘tish va ariza to‘ldirish;
- CV (tarjimayi hol);
- Motivatsion xat;
- Tadqiqot rejasi;
- Hozirgi ishidagi boshliqda tavsiyanoma;
- Ishlash joyidan ma’lumotnoma;
- Til bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (IELTS 6/ TOEFL 80);
- Diplom va uning baholari (tarjimasi bilan).
Hujjat topshirish, maqbullik shartlari haqida batafsil ma’lumot SHU YERDA.