Dasturiy injiniring yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?
Dasturiy injiniring yo‘nalishini tamomlaganlar kasbiy avtomatlashtirilgan tizimlar, axborot texnologiyalari, elektron hukumat va ilmiy tadqiqot sohalarida ishlash huquqiga ega bo‘ladilar.

Dasturiy injiniring yo‘nalishi bitiruvchilari quyidagi kasblarni egallashlari mumkin:
- Kasbiy avtomatlashtirilgan va kompyuter tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti;
- Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari;
- Axborotni qayta ishlash, mikroprosessorli tizimlarning dasturiy ta’minoti;
- Axborot-kommunikasiya tizimlarini va texnologiyalari texnik va dasturiy vositalarini loyihalash, sozlash, ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq qilish jarayonlari;
- Davlat interaktiv xizmatlari elektron hukumat tizimlarida elektron hujjat aylanishi va ma’lumotlar bazalarida axborot almashinuvini shakllantirish;
- Elektron hukumat tizimlarida elektron hujjat aylanishi va ma’lumotlar bazalarida axborot almashinuvini shakllantirish dasturiy ta’minotlarini ishlab chiqish;
- Ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim
sifatida ishlash huquqlariga ega bo‘ladilar





