Davlat grantida o‘qiyotgan talabalar yana qayta o‘qishga topshirib grantga kirsa bo‘ladimi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Ayrim abituriyentlarning shaxsiy kabinetida quyidagicha yozuv paydo bo‘lgan:
Siz avvalgi yillarda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilganingiz sababli joriy yilda davlat granti uchun tanlovda ishtirok eta olmaysiz. Shu bo‘yicha izoh bermoqchiman. Prezidentning 25-maydagi farmoniga asosan yangi tartib belgilandi. Unga ko‘ra:
ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi, shuningdek, oliy ta’limning tegishli bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabaga ikkinchi marta ta’limning ushbu bosqichi uchun davlat granti ajratilmaydi.Farmonning mazkur bandidagi ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim haqidagi qoida yangilik emas, bu “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda ham bor edi. Ya’ni ikkinchi mutaxassislik doim to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi, unga davlat granti ajratilmaydi.
Farmon bandidagi yangi qoida ayni vaqtda talaba bo‘lib turganlarga taalluqli edi. Ya’ni endilikda oliy ta’limning tegishli bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabaga ikkinchi marta ta’limning ushbu bosqichi uchun davlat granti ajratilmaydi.
Bu nima degani?
Eng avvalo, bu yerda to‘liq kontraktda o‘qish haqida gap ketmayotganini ta’kidlash kerak. Faqat talaba grantda o‘qigan bosqichi uchungina grant ajratilmaydi. Masalan, 1-bosqichga grantga kirgan talaba, kelasi yili yana qayta topshirsa, u 1-bosqichda albatta kontraktda o‘qiydi, lekin o‘zlashtirishi yuqori bo‘lsa, 2-bosqichdan davlat grantiga o‘tishi mumkin.
Agar talaba 2 yil davomida davlat grantida o‘qib, keyin fikri o‘zgarib, boshqa yo‘nalishga qayta topshirsa va talabalikka yana grant asosida qabul qilinsa, unda unga 2 yil davomida grant ajratilmaydi, kontraktda o‘qishga majbur bo‘ladi. Lekin 3 va 4-kursda davlat grantiga o‘tishi mumkin.