Dunyo boʻylab taʼlim haqida top faktlar
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
1. Koʻp marotaba toshqin muammolariga duch kelinganligi tufayli Bangladeshda 100 dan kam boʻlmagan qayiq maktablari mavjud. Ularning har biri Internetga ulangan, kutubxonaga ega va quyosh energiyasidan quvvat oladi.
2. Hindistonning Laknov shahridagi “City Montessori” maktabi oʻquvchilar soni boʻyicha dunyodagi eng yirik maktab boʻlib, u yerda 32 000 dan ortiq ilmu tolib tahsil oladi.
3. Chilida oʻquvchilar uchun yozgi taʼtillar bizdagidan farqli oʻlaroq, dekabr oʻrtalaridan boshlanadi va mart oyining boshlarida tugaydi.
4. Saxarada 11,07 million bola boshlangʻich taʼlimini tugatmasdan maktabni tark etadi. Janubiy va Gʻarbiy Osiyoda bu raqam 13,54 millionga etadi.
5. Dunyodagi eng qadimgi maktab Angliyaning Kanterberi shahrida joylashgan. U 1597-yilda “Qirollik maktabi” nomi bilan tashkil etilgan. Maktab sifatli uskunalar va jihozlar bilan taʼminlangan, hozirda zamonaviy taʼlim beradigan oʻquv muassasalari safiga kiradi.
6. Rivojlanayotgan, kam taʼminlangan mamlakatlarda har bir qoʻshimcha taʼlim yili oʻsha mamlakat fuqarosining kelajakdagi daromadini oʻrtacha 10%gacha oshirishi mumkin.
7. Dunyoda eng koʻp uy vazifasini bajaradigan talabalar Xitoydagi talabalar hisoblanadi. Oʻsmirlar haftasiga oʻrtacha 14 soat davomida uy vazifasini qiladilar.
8. Pokistonda bolalarga bepul taʼlim olish uchun qonuniy huquq berilmaydi. Faqat 5 yoshdan 9 yoshgacha boʻlgan bolalar majburiy taʼlim olish huquqiga ega.
9. Gollandiyada bolalar maktabni 4 yoshga toʻlgan kunidan boshlashadi. Bu jarayonda maktabdagi boshlangʻich sinf oʻquvchilari soni juda tez oʻzgaradi.
10. Yaponiyadagi maktablarda bolalarning oʻzlari sinflarini tozalashadi va hatto, tushlikni ham oʻzlari bilan olib yurishadi. Yaponiya maktablarida farrosh yoki oshxona mavjud emas.
11. Italiyaning Turin shahrida dunyodagi eng kichik maktab bor, u yerda bitta oʻquvchi taʼlim oladi.
12. Eron qizlar va oʻgʻil bolalarga ular kollejga kirgunlariga qadar alohida taʼlim beriladigan mamlakat hisoblanadi. Mazkur davlat taʼlim tizimida maktab oʻquvchilari orasida qizlar uchun faqat ayol oʻqituvchilar, oʻgʻil bolalar uchun erkak oʻqituvchilar dars beradi.
13. Braziliyada oila bilan ovqatlanish - madaniyatning muhim qismi, shuning uchun maktablar ertalab soat 07:00 da boshlanadi va tushgacha tugaydi, shunda bolalar ota-onalari bilan tushlik qilishlari mumkin boʻladi.
14. Dam olish kuni yoki taʼtil boʻlishiga qaramay, rus bolalari maktabni har doim “Bilimlar kuni” yaʼni 1-sentyabrda boshlashadi.
15. Jahon boʻylab eng keksa oʻqituvchi faoliyati Amerikada qayd etilgan. Uning ism-familiyasi Agnes Zhelesnik boʻlib, Yoshi 101 ga toʻlgan.
16. Islandiya maktablarida oʻquvchilarga “trikotaj” deb nomlangan fan oʻqitiladi. Jahonda boshqa mamlakatdagi maktablarda bu yoʻnalishga asoslangan fanni uchratish deyarli qiyin.
Ushbu maqola orqali dunyo davlatlaridagi taʼlim tizimiga doir eng qiziqarli faktlar eʼtiboringizga havol etildi: guvohi boʻldingizki, anʼana va urf-odatlar - turli, bilimning yetkazilish usullari - turfa.