Fransiyada bakalavr va magistratura kursida o‘qish uchun Emile Boutmy stipendiyasi
Muddati:
30.11.2021
Davlat:
Fransiya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Bakalavriatura, Magistratura
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Parijda joylashgan Science Po universiteti bakalavr va magistraturada o‘qish uchun Emile Boutmy stipendiyasini taklif qiladi. Dasturda bilimli, Fransiyada o‘qishni xohlovchi va universitet talablariga 100% javob beruvchi talabalar qatnashishlari mumkin.
Foydali tomonlari:
- Bakalavriat uchun stipendiya miqdori 3 yillik o‘qish uchun 3 600 yevrodan 13 000 yevrogacha;
- Magistratura uchun - 2 yillik o‘qish uchun 12 200 yevro. Grant miqdori oilaning yutuqlari va daromadiga bog‘liq.
Ariza topshirish muddati:
Bakalavriat - 2022-yil fevral o‘rtalari
Magistratura - 2021-yil 30-noyabr
Talablar:
- Nomzodlar Yevropa Ittifoqi fuqarosi bo‘lmasligi;
- Science Po universitetiga qabul qilingan bo‘lishi va dasturga birinchi marta ariza topshirayotgan bo‘lishi;
- Bakalavr uchun maktab yoki kollej/litseyni tugallagan bo‘lishi;
- Magistratura uchun bakalavr bosqichini tugallagan bo‘lishi;
- Yaxshi baholarga ega bo‘lishi;
- Ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
Dasturga ariza topshirish uchun shu yerga kiring.
Yo‘nalishlar bo‘yicha kerakli hujjatlar haqida bilish uchun shu yerga kiring.