“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovi tashkil etilmoqda
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovi tashkil etilmoqda
Adliya vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qaroriga muvofiq, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagoglar uchun “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” respublika tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:
-
Tuman (shahar) bosqichi – o‘qituvchilar internet orqali test sinovlarida ishtirok etadi. Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 20 nafar o‘qituvchi keyingi bosqichga o‘tadi.
-
Hududiy bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida o‘tkaziladi.
-
Respublika bosqichi – tanlovning yakuniy bosqichi.
Tanlov 2 ta shart bo‘yicha baholanadi va har bir ishtirokchi 40 ballgacha to‘plashi mumkin:
- Sohaga oid bilimlar – 10 ballgacha.
- O‘qituvchining taqdimoti – 30 ballgacha.
Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagi miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
- 1-o‘rin – 30 mln so‘m.
- 2-o‘rin – 20 mln so‘m.
- 3-o‘rin – 10 mln so‘m.
Tanlov bilan bog‘liq xarajatlar Adliya vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.