Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Angliya: Magistratura bosqichida o‘qish uchun qariyb 25 000 AQSh dollarlik qiymatdagi 100% lik grant dasturi

22.05.2021 07:25
Angliya: Magistratura bosqichida o‘qish uchun qariyb 25 000 AQSh dollarlik qiymatdagi 100% lik grant dasturi

Muddati:

30.06.2021

Davlat:

Angliya

Rasmiy havola:

www.uea.ac.uk

Grant turi:

Magistratura

Universitet va grant dasturi haqida:

University of East Anglia oliygohi - Angliyaning Norvich shahridagi davlat tadqiqot universitetidir. 1963 yilda shahar markazidan g‘arbda joylashgan 320 gektarlik (130 gektar) shaharchada tashkil etilgan ushbu universitet to‘rtta fakultet va 26 ta maktabga ega.

See the source image

Universitet tomonidan taklif etilayotgan International Development: Full Fees Scholarship grant dasturi Yevropa Ittifoqi tarkibidagi shu bilan birga btun dunyo mamlakatlaridan bo‘lgan talabalarga universitetning magistratura bosqichi kurslarida ta’lim olishni osonlashtirishni ko‘zda tutadi.

Grant dasturi tafsilotlari:

  • Daraja - Magistratura (Taught);
  • Grant qoplashi ko‘zda tutilgan xarajatlar turi - O‘qish to‘lov puli (Tuition Fee);
  • Umumiy qiymati - £ 17600 (qariyb 25 000 AQSh dollari);
  • Taqdim etiluvchi nomzodlar soni - 3;
  • Grant amal qiladigan yil - 2021-yil;
  • Grant taklif etilayotgan o‘quv fakultetlari - Ijtimoiy fanlar fakulteti va Xalqaro taraqqiyot fakulteti.

Ariza topshirish jarayoni va kerakli hujjatlar:

  • Ushbu grant dasturiga davogarlik qila olish uchun nomzodlar:
    • Bakalavr bosqichini tamomlagan bo‘lish;
    • 2:1 (foizlik darajada 60% va undan yuqori) ko‘rsatkichdagi diplomga ega bo‘lish;
  • Avvalo, nomzodlar BU YERDAN universitetning magistratura bosqichi grant amal qiladigan dasturlaridan biriga ariza berishlari va o‘qishga qabul qilinishlari kerak;
  • Shundan keyin, nomzodlar BU YERDAN grant dasturi uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi;
  • Grant dasturining asosiy talabi quyida taqdim etilgan savolga 250 tadan ko‘p bo‘lmagan so‘zdan iborat javob shaklidagi insho yozish va taqdim etish hisoblanadi:
    • How does the course you have applied for help you achieve your career goals and how would your experiences and interests aid the learning of the cohort as a whole?
  • Grant uchun ariza topshirish muddati: 30-iyun 2021-yil;

Batafsil bu yerda