Fan olimpiadalari maktab bosqichi natijalari nima uchun kechikmoqda? Vazirlik izoh berdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi fan olimpiadalarining maktab bosqichi natijalari kechikayotgani sababini texnik nosozlik bilan bog‘lab izoh berdi. Hozirda IT mutaxassislar nosozlikni hal qilish ustida ish olib bormoqda.

Fan olimpiadalari maktab bosqichi natijalari nima uchun kechikmoqda? Vazirlik izoh berdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi asosiy fan olimpiadasining maktab bosqichi g‘oliblari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kechikayotgani bilan bogʻliq vaziyatga izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, ma’lumotlarni elektron platformaga kiritish saytdagi texnik nosozlik yuzaga kelgan.
“Hozirda IT mutaxassislar ishlarni olib borishmoqda, yaqin orada yakunlashadi. Agarda texnik jihatdan muammo o‘z yechimini topmasa yoki nosozlik davom etadigan bo‘lsa, u holda ro‘yxatni qog‘oz shaklda shakllantirishga ruxsat beriladi,” deyiladi vazirlik xabarida.
Ta’kidlash lozim, oldinroq, asosiy fan olimpiadasining tuman va viloyat bosqichlari o‘tkaziladigan sanalar e’lon qilingandi.





