Eng qiyin ma’lumotni eslab qolishingizga yordam beradigan maslahatlar
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari aslida konspekt nima ekanligini bilishadi, lekin ular qanday qilib qiyin sanalar, iqtiboslar va faktlarni eslab qolishni bilishadimi?
Konspekt qilish - muhim. Yozish qobiliyati miyaning ma’lumotni uzoq vaqt eslab qolishga yordam beradigan qismlarini faollashtiradi. Mavzuni konspekt qilganimizda, biz o‘zimizga vizual diapazonni yaratishga yordam beramiz, bu orqali esa ma’lumotlar yanada samaraliroq o‘zlashtiriladi.
Qo‘lda yoki kompyuterda. Bu usulda ham, u usulda ham o‘zining ijobiy va salbiy tomonlari bor. Kompyuterda ishlayotganda o‘yinlar, internet yoki messenjerlarga chalg‘ish mumkin. Ammo boshqa tomondan, agar siz bulutli resurslardan foydalansangiz, ma’lumotlar yanada ishonchli saqlanadi. Qo‘lda yozish foydaliroq, ammo bugungi dunyoda odamlar kompyuterda tezroq yozadilar. Siz nimani afzal ko‘rishingizning ahamiyati yo‘q, hatto stikerli albom bo‘lsa ham – bu konspekt yozishdagi o‘ziga xos ijodiy yondashuv emasmi? Asosiysi, qanday usulni tanlasangiz ham – sizga qulay bo‘lishi lozim.
Konspekt yuritish bo‘yicha umumiy maslahatlar:
- Darsdagi asosiy fikrlarni qayd eting;
- Hamma narsani yozmang. O‘qituvchining faqat muhim so‘zlari va iboralarini qayd eting;
- Qaydlaringiz tushunarli bo‘lishi uchun o‘z so‘zlaringiz bilan qayd eting;
- Yangi so‘zlarni yozib oling. Qidirishni osonlashtirish uchun ularni matn ajratgich bilan belgilang;
- Agar biror narsani o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, o‘qituvchidan qaytarishni yoki takrorlashni so‘rang. Agar uyalayotgan bo‘lsangiz, shu narsani belgilab qo‘ying hamda darsdan keyin o‘qituvchidan bu haqda so‘rang;
- Agar shoshqaloqlik bilan qo‘l yozuvingiz sizga ham tushunarsiz bo‘lsa, darsdan so‘ng matnni toza qilib qayta yozganingiz ma’qul. Ma‘lumotlar yanada mustahkamroq o‘zlashtiriladi;
- Qisqartirishni hamda belgilar va abbreviaturalardan foydalanishni o‘rganing. Oson va tushunarli narsalardan boshlashga harakat qiling, lekin vaqt o‘tishi bilan yangilaridan ham qo‘shing.