IDEX: Fransiya - magistratura talabalari uchun 10 000 yevrolik grant, viza va safar xarajatlari uchun 1000 yevro stipendiya
Muddati:
16.05.2021
Davlat:
Fransiya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Magistratura
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Universitet va grant dasturi haqida qisqacha:
Université Paris-Saclay - 2014 yilda tashkil etilgan universitet bo‘lib, 2019 yildan buyon Fransiyaning Saklay shahridagi o‘z texnik kolleji va universitetiga ega bo‘lib keladi. Ushbu oliygoh THE (Times Higher Education) tomonidan e’lon qilingan xalqaro universitetlar reytingida #178-o‘rinni egallaydi.Universitet taklif etayotgan INTERNATIONAL MASTER’S SCHOLARSHIPS PROGRAM IDEX grant dasturi orqali universitet tomonidan taqdim etiladigan magistrlik dasturlariga xalqaro talabalarning kirish imkoniyatini oshirishni targ‘ib qilishni va yuqori malakali xalqaro talabalarning universitetga qo‘shilishini, ayniqsa rivojlanish istagida bo‘lganlar uchun bu jarayonni osonlashtirishni maqsad qilib qo‘ygan.
Dasturning alohida ahamiyatli jihatlari:
- Grant uchun nomzodlar universitetning magistratura bosqichi kurslariga qabul qilingan nomzodlar orasidan tanlab olinadi;
- Grant dasturi uchun arizani faqatgina universitet tomonidan shu borada elektron xabar olgan talabalargina bera oladilar;
- Ixtiyoriy ravishda berilgan hech qanday arizalar qabul qilinmaydi.
Grantga ariza berish jarayoni:
- Tanlangan talabalarga avtomatik ravishda elektron pochta orqali onlayn ariza shakliga havola yuboriladi. Ushbu elektron maktubni olgandan so‘ng, ariza berishni istagan talabalar onlayn ariza shaklini to‘ldirishlari va nomzod uchun tavsiyanoma xati taqdim etishga tayyor bo‘lgan ikkita vakilning nomlarini (o‘quv direktori, professor, amaliyot koordinatori ...) ko‘rsatishlari kerak (majburiy).
- Nomzod tomonidan ko‘rsatilgan ikkita tavsiyanoma xati taqdimetuvchi vakillarning har biriga elektron pochta orqali onlayn tavsiyanoma uchun havola yuboriladi. Ulardan grant uchun arizalar taqdim etilish jarayoni yopilish kunidan oldin onlayn tavsiyanomani to‘ldirishlari va topshirishlari so‘raladi. Har bir onlayn tavsiyanoma topshirilgan vaqt nomzod avtomatik ravishda xabardor qilinadi.
- Ikkala tavsiyanoma ham taqdim etilgan taqdirda, grant dasturi uchun ariza to‘ldirilgan hisoblanadi. Unutmang, nomzodga ariza to‘ldirilganligini tasdiqlovchi xabar kelmaydi. Ikkala tavsiyanomaning to‘ldirilishini ta’minlash va taklif etilgan elektron pochtasida ko‘rsatilgan muddat ichida ularni topshirish nomzodga bog‘liq.
Eslatma: Tugallanmagan yoki belgilangan muddatdan keyin qabul qilingan arizalar avtomatik ravishda rad etiladi.
Muvofiqlik mezonlari:
Dastur uchun quyidagi talablarga javob bera olgan nomzodlar ariza bera oladilar:
- Nomzodlar Université Paris-Saclay magistratura dasturiga quyidagi muassasalardan biri tomonidan qabul qilingan bo‘lishlari kerak: AgroParisTech, CentraleSupelec, ENS Paris-Saclay, INSTN-CEA, IOGS, UEVE, UPSaclay, UVSQ. Ushbu talabalar orasida ham faqat quyidagi mezonlardan biriga javob berganlar murojaat etishlari mumkin:
- Ariza topshirish vaqtida 30 yoshdan kichik bo‘lgan, Fransiyaga yangi kelgan xalqaro talabalar;
- Fransiya davlatida bir yildan kam vaqt yashagan chet el millatiga mansub talabalar, ilgari yoki hozirda sertifikat taqdim etmaydigan o‘quv kursi yoki stajirovkada o‘qiyotganlar;
- Fransiya davlatida bir yildan kam vaqt yashagan chet el millatiga mansub talabalar, til kurslarida o‘qiyotgan bo‘lsalar (FFL turi);
- Ilgari Fransiyada, o‘qish paytida mobillik dasturi doirasida yashagan talabalar (masalan, Erasmus Mundus qo‘shma magistr darajalari, almashinuv dasturi ...).
Grantning manfaatli tomonlari:
- Université Parij-Saclay granti miqdori yiliga 10,000 yevro. Ushbu summa Université Paris-Saclay tomonidan o‘quv yili davomida va ketma-ket 10 oy davomida (sentyabrdan iyungacha) to‘lanadi.
- Sayohat va viza xarajatlari uchun maksimal 1000 yevro, shuningdek nomzodning kelib chiqish davlatiga qarab berilishi mumkin.
- G‘oliblar o‘zlarining stipendiyalarini va sayohat xarajatlarini faqat Fransiyaga kelgandan keyin va ular qabul qilingan dastur o‘qishni boshlagandan so‘ng oladilar.
Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2021 yil 16-may;
Natijalarni e’lon qilish: 2021 yil iyun oxiri.